Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Bozorni vertikal segmentlash



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə102/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

Bozorni vertikal segmentlash – maqsadli tarmoqning turli darajalarida mijozlar guruhlarini ajratish va tanlash.
Bozorni gorizontal segmentlash – maqsadli mijozlarni turli tarmoqlarda aniqlash va tanlash jarayoni.
Bozorga chiqishning optimal nuqtasi – kompaniya taklifi mijozlar uchun eng katta foyda va qiymatga ega bo‘ladigan, mijozlar esa faolroq va marketing tadbirlariga ta’sirchanroq bo‘ladigan nuqtadir.
Broker – tovarga egalik huquqini o‘z zimmasiga olmaydigan va haridor hamda sotuvchi nomidan harakat qila oladigan agentlar turi.
Differensiatsiyalangan marketing –ikki (yoki undan ortiq) puxta tanlangan segmentlarga turli marketing yondashuvlari qo‘llanadi.
Differensiatsiyalanmagan marketing – samarali segmentlashning yo‘qligidir.
Institutsional mijozlar – sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari, davlat muassasalari kiradi.
Innovatsion mahsulot – bozorni shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tarqatilishi lozim bo‘lgan g‘oya yoki konsepsiya
Ishontirish – bu mijozlarni haridni amalga oshirish zarurligiga ishontirish sifatida savdoga an’anaviy qarashda yaqqol namoyon bo‘ladigan ta’sir usulidir.
Komissioner – ulgurji savdogar yoki distribyutor bo‘lib, sanoat distribyutoridan ko‘ra torroq ixtisoslashuvga ega bo‘lishi va yakuniy mijozga yaqin bo‘lgan, quyi turadigan kanal qatnashchilariga xizmat ko‘rsatadi.
Kompaniyani boshqalardan ajratib turadigan kompetensiyalar – tovar-bozor strategiyasida ifodalangan va kompaniyani uning raqobatchilari orasida ajratib turadigan qator o‘ziga xos xususiyatlardir.
Kosmopolitizm - ushbu tarmoq kompaniyalarining tashqi yo‘nalganligi – boshqa tarmoqlarda ishlagan xodimlar foizi va xorijiy bozorlarga sotish foizi kabi o‘lchanadigan tavsifnomalar bo‘yicha baholanadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin