Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-jadval Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə13/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

1-jadval
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik

Bir kilogramm kartoshka narxi (so‘m)

Kartoshkaga bo‘lgan yakka talab miqdori (bir oyda kilogramm)

Kartoshkaga bo‘lgan bozor talabi miqdori (bir oyda tonna)

700
600
500
400
300

10
20
30
50
60

10
20
30
50
60

Jadvalning navbatdagi ustunida kartoshkaga bo‘lgan bozor talabi miqdori ifodalangan. Bunda muayyan hududda taxminan 1000 ta oila istiqomat qiladi va ularning kartoshka narxining o‘zgarishiga nisbatan deyarli bir xil xatti-harakat, munosabatda bo‘ladilar, degan shartga asoslanildi. Misoldan ko‘rinadiki, bozor talabi miqdorining narxga nisbatan o‘zgarishi ham yakka talabning o‘zgarishiga mutanosib ravishda ro‘y bermoqda.


Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.
Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo‘lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o‘sishi bilan unga bo‘lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag‘al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko‘rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi.
Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talab miqdorining kamaymasdan, aksincha ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Tovar narxi va uning harid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq bozor talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (2-chizma).

so‘m

700
600


500
400
300
200
100
0



P
D

D



10 20 30 40 50 60 Q, tonna


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin