Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-mavzu: Xaridor va sotuvchining o’zaro munosabatlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə30/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

5-mavzu: Xaridor va sotuvchining o’zaro munosabatlari
Reja:
5.1. Xaridor va sotuvchining o’zaro munosabatlari nazariyasi
5.2. Ta’minotchilarni strategik tanlash
5.3. Mijozlar bilan o’zaro munosabatlarni boshqarish


5.1. Xaridor va sotuvchining o’zaro munosabatlari nazariyasi

B2B marketingining iste’mol marketingidan asosiy farqi xaridor va sotuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridan iborat. Sanoat marketingining o’ziga xos jihatlari – xaridor va sotuvchining bir-biriga bog’liqligi, shuningdek, mahsulotning murakkabligi hisoblanadi. Mahsulotning murakkabligi nafaqat texnik jihatdan, balki xaridor va sotuvchi o’rtasidagi shaxsiy munosabatlar, ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlar nuqtainazaridan ham belgilanadi.


«Xaridor-sotuvchi» munosabatlarining yana bir muhim jihati shundaki, B2B sohasida sotuv strategiyasi va marketing odatda B2C marketingiga mansub bo’lgani kabi ommaviy talab tovarlari bozorlariga yoki «namunaviy» mijozlarga emas, balki muayyan tashkilotlar yoki nisbatan kichik buyurtmachilar guruhlariga yo’naltiriladi. Strategik vazifalarni hal qilish uchun sanoat marketingi keng ma’noda bozorlar yoki mahsulotlarga emas, balki xaridor va sotuvchi o’rtasidagi munosabatlarga qaratilgan bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanoat xaridlari vaziyatlarini eng chetki nuqtalar o’rtasidagi doirada har xil turdagi munosabatlarning keng doirasi bilan oddiy bitimlardan to strategik ittifoqlargacha bo’lgan shkaladagi nuqtalar sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bunday munosabatlar o’z xarakteri, murakkabligi va davom etish muddati bo’yicha sezilarli farq qilishi mumkin, biroq umuman olganda aynan xaridorlar va sotuvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqalar sanoat marketingiga xos bo’lgan belgi hisoblanadi. Bu munosabatlar ikkala tomonning birbiriga bog’liqligini nazarda tutadi va ikkala tomon uchun strategik ahamiyatga molik bo’ladi. Ular hamkorlikning ishonchliligi, doimiyligi va xavfsizligini ta’minlaydi, biroq ularni yuzaga keltirish va qo’llab-quvvatlash murakkab boshqaruv vazifasi sanaladi.
B2B marketingida «xaridor-sotuvchi» munosabatlari xarid haqida qaror qabul qilish jarayonida shakllanadi va sotuv, bitim tuzish, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va takroriy buyurtmalar haqidagi muzokaralar davomida qo’llab-quvvatlanadi. Mijozlar bilan mavjud munosabatlar sanoat marketologlari va, ayniqsa, o’zining ishlab chiqarish quvvatlariga yoki tovar liniyalariga ega bo’lmagan sanoat distribyutorlarining muhim biznes-aktivi sanaladi (garchi uni aniq baholash qiyin bo’lsada).
Xaridor va sotuvchi o’rtasida istalgan munosabatlarning asosini ikki tashkilot vakillarining individual o’zaro aloqalari tashkil qiladi. Shu sababli «xaridor-sotuvchi» munosabatlari tahlilini mijoz tashkilot xodimi va savdo vakili o’rtasida shaxsiy o’zaro aloqalar xarakterini o’rganishdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Chegarachi roli» tushunchasi tashkiliy tuzilma doirasida savdo vakilining majburiyatlari va funksiyalarining muhim jihatlarini aks ettiradi. Chegarachi roli tashkilotning tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari «chegara»sida bajariladi. Bu ta’rif savdo vakiliga nisbatan ham qo’llanishi mumkin. Shu tariqa savdo vakili, ular bilan ishlaydigan mijoz-kompaniya xodimlari ham chegarachi rolini o’ynaydi.
Savdo vakili mijoz uchun sotuvchining vakili, sotuvchi uchun esa – mijozning vakili hisoblanadi, chunki uning maqsadi – buyurtmachining muammolari va ehtiyojlariga maksimal marketing javobini ta’minlash sanaladi. Mijoz-tashkilot xodimlarining savdo vakili harakatlaridan kutadigan natijalari sotuvchi tashkilot xodimlarining kutayotgan natijalaridan farq qilish ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, savdo vakili mijoz-tashkilot vakillari bilan o’zaro aloqalarga sotuvchi kompaniya xodimlaridan ko’ra ko’proq vaqt sarflashi mumkin. Savdo vakilini ish beruvchi tashkilotdan (va to’g’ridan-to’g’ri nazoratdan) ajratib turadigan tabiiy masofa psixologik masofa mavjudligi bilan yanada chuqurlashadi. Savdo vakilida mijoz-tashkilotga mansublik hissi – xuddi o’z firmasiga mansublik hissi kabi kuchli bo’lgan hissiyot rivojlanishi mumkin.
Savdo vakillari o’z tashkiloti a’zolari bilan aloqa qilganda bu odatda mavjud muammolarni hal qilish nuqtai-nazaridan ro’y beradi. Mijozning manfaatlarida harakat qilib, vakil o’zining ish beruvchi kompaniyasiga narx shakllantirish, yetkazib berish, mahsulot tavsifnomasi va boshqa jihatlar haqida xabar beradi, bu uning faoliyatini tanqid qilish bo’lib ko’rinishi mumkin. Savdo vakili tomonidan kompaniya imkoniyatlariga nisbatan bayon qilinadigan buyurtmachining so’rov va talablari asossiz va ish beruvchi kompaniya ehtiyojlari, muammolari, vazifalari va siyosatiga mos kelmaydigan deb hisoblanishi mumkin.
Savdo vakilining ish xarakteri bilan belgilanadigan bu oddiy dalillar bir qator qiziqarli va ehtimol, muammoli oqibatlarga ega. Chegarachi rol o’ynaydigan xodimlar asosan boshqa tashkilot xodimlari bilan o’zaro aloqa qiladi, shu sababli ko’pincha savdo vakillariga ma’lum darajada ishonchsizlik va hatto qo’rquv namoyish etadi. Bunday munosabat kishi bilmas tarzda savdo vakiliga ham o’tishi va unda bezovtalik hissini uyg’otishi mumkin. Savdo vakiliga nisbatan ikki tashkilotda rolga oid kutilayotgan natijalar qarama-qarshiligi yana bir ziddiyatlar manbasiga aylanishi mumkin.
«Xaridor-sotuvchi» munosabatlari tahlilida bazaviy birlik – xarid qiluvchi tashkilot vakilining sotuvchi tashkilot vakili bilan o’zaro aloqalaridir. Albatta, ikkala tomondan bir nechta xodimdan ishtirok etishi mumkin, biroq murakkab ijtimoiy o’zaro aloqalarda tarkibiy birlik bo’lib ikki shaxs o’rtasidagi o’zaro aloqalar qolaveradi. Xaridorning savdo vakili bilan muloqoti, ularning o’zaro aloqalar xarakteri ular o’ynaydigan rollar jihatidan ko’rib chiqilishi mumkin. Xaridor va sotuvchining rollari – o’ziga xos ijtimoiy rollar bo’lib, ularga xulq-atvor modellari va belgilangan kutilayotgan natijalar mos keladi.
Sanoat bozorida savdo vakiliga nisbatan xaridorning rolga oid kutayotgan natijalarining ikkita asosiy manbasi mavjud. Birinchisi – savdo vakilini stereotipli qabul qilishdir. «Stereotip» tushunchasini aholining katta qismi unga qo’shiladigan barqaror fikr sifatida tavsiflash mumkin. Muayyan savdo vakili bilan avvalgi tajribaga ega bo’lmagan sanoat xaridori unga nisbatan o’zining stereotiplari va boshqa savdo vakillari bilan ishlashdan olgan taassurotlariga tayangan holda ma’lum bir talablar qo’yadi. Potensial mijozning savdo vakiliga nisbatan rolga oid kutayotgan natijalarining yana bir muhim manbasi – sotuvchi kompaniyaning nufuzidir. Bu kommunikasiyalar nazariyasida «manbaning ishonchliligi» umumlashtirilgan konsepsiyasi harakatining o’ziga xos holatidir.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, manbaning nufuzi ishontiruvchi kommunikasiyaga reaksiyaning muhim determinanti sifatida ishtirok etadi. O’zaro aloqalar nazariyasiga ko’ra, o’z navbatida, ishtirok etuvchi shaxslarning ehtiyojlari vaziyatni qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi. Har bir potensial xaridor kamida ikki xil turdagi ehtiyojlarga ega: uning xulq-atvorini motivasiyalaydigan shaxsiy ehtiyojlar va xarid markazining boshqa qatnashchilarini qondirish uchun zarur bo’lgan harakatlar amalga oshirishni talab qiladigan ijtimoiy ehtiyojlar.
Xaridor ushbu xarid unga ikkala ehtiyojni qanday qilib qondirishga imkon berishini ko’rmagunga qadar savdo vakili taklif etayotgan mahsulotga ehtiyoj sezmaydi. Xaridor va savdo vakilining o’zaro munosabatlarini ikki shaxs o’rtasidagi o’zaro aloqalar va kommunikasiya shakllari sifatida tushunish oldi-sotdi jarayonini boshqarish va mijozlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin