Topshiriq mazmuni→ “B2B marketingining bugungi kundagi ahamiyati nimada deb hisoblaysiz?”
1) talabalarning B2B marketingiga oid qanday ma’lumotlarni bilishlari va bilishni istayotgan ma’lumotlarini aniqlash maqsadida “B /B /B” metodidan foydalaniladi.
Topshiriq mazmuni → B2B marketing bo‘yicha bilgan ma’lumotlarni birinchi ustunga yozib chiqish va bilishni istayotgan ma’lumotlarni ikkinchi ustunga yozib chiqish.
“B /B /B”
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq: 2.1. Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo’ljallangan mahsulotlar bozori
2.2. Biznes bozori tushunchalari Bozor tuzilmasidagi farqlar
2.3. Biznes marketingida talabni o’rganish
Mashg‘ulotning borishi I.B2B bozoriga oid blits-so‘rov.
Topshiriq (blits-so‘rov): 1. Bozor –
2. Talab –
3. B2B bozori –
4. B2B bozorida talabga ta’sir qiluvchi omillar –
5. Iste’mol bozori –
6. Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo’ljallangan mahsulotlar bozori –
7. Taqsimot –
8. Talab va bozor –
2-MASALA Kichik biznes subyekti bir oy davomida turli xil mijozlarga xizmat ko’rsatish uchun mikroavtobusdan foydalanadi va bu davrda taxminan 3000 km yo’l bosib o’tishi kerak. Kompaniya muammo yechimini tanlashda duch kelmoqda: o’z mikroavtobusidan foydalanish yoki transportni 1 km uchun 50 so’m miqdorida amalga oshiradigan yeng yaqin transport kompaniyasiga topshirish.
O’z transportidan foydalanishda kompaniya quyidagi xarajatlarni tashkil qilishi mumkin:
• avtobus sotib olish - 250 000 so’m, bu narxning yarmi to’rt yil davomida amortizasiya qilinadi;
• soliqlar va sug’urta xarajatlari - yiliga 30000 so’m;
• ish haqi xarajatlari - oyiga 4000 so’m;
• yoqilg’i narxi, ta’mirlash, avtobusni yaxshi holatda saqlash - 1 km uchun 2,5 so’m.
Avtobus oyiga 3000 km gacha yuradigan bo’lsa, qaysi variant korxona uchun foydaliroq yekanligini hisoblash kerak.