Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə44/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

Baholash maqsadi. Korxona raqobatbardoshligini baholash uchun (marketingni raqobat ustunligi omili sifatida kompleks baholash), shuningdek, operativ marketing auditi, marketing samaradorligini monitoring qilish, korxonalar bo’yicha marketingni solishtirma tahlil qilish.

  • Natijalarni yo’naltirish. Baholash natijalaridan korxona xodimlari marketingni rejalashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish, korxonada marketingni tashkil etishni takomillashtirish, marketing xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilishda foydalanish.

  • Kim uchun mo’ljallangan. Bu uslubiyat mustaqil ekspertlar – konsalting xizmatlari mutaxassislari, marketing markazlari, marketing va raqobatbardoshlik sohasidagi tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan.

    Marketing samaradorligini baholash masalasida muallif marketing faoliyati amalda marketing funksiyalarini bajarish orqali amalga oshirilishini ta’kidlaydi. Bozorni o’rganish, bozorni segmentlash va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash, mahsulotni joylashtirish, mahsulotning samarali assortimentini ishlab chiqish, yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish, moslashuvchan narx siyosatini amalga oshirish, samarali tovar tarqatish kanallari va savdo faoliyatini tashkil etish, samarali siljitish faoliyatini amalga oshirish shular jumlasidan. Boshqaruvning asosiy funksiyalari rejalashtirish va tashkil qilishdir. Shuning uchun barcha marketing faoliyatining muvaffaqiyati marketing rejalarining qanchalik sifatli va obyektiv bo’lishi hamda marketing xizmatining samarali tashkil etilishiga bog’liq.
    Ushbu marketing funksiyalari va marketingni boshqarish funksiyalarining bajarilishini, bizning fikrimizcha, faqat ekspert xulosasi yordamida baholash mumkin. Korxonaning marketing bo’limi mutaxassislari mutaxassis sifatida qatnashishlari kerak.


    8.3. Raqobat muhiti. Raqobat ustunligi tahlili. Raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari.
    Ushbu tadqiqot amallari M. Porterning klassik - «harakatlanuvchi besh kuch» yoki «kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi» modeliga tayanadi.
    M. Porterning ta’kidlashiga ko’ra, raqobat muhitini tahlil etishda quyidagi omillar guruhlarini inobatga olish zarur («raqobatning besh kuchi»):
    - sotuvchilarning ma’lum bir bozordagi o’zaro raqobatchiligi - tarmoqdagi vaziyat ta’siri;
    - o’rinbosar tovarlar tomonidan raqobatchilik - o’rinbosar tovarlar ta’siri;
    - yangi raqiblarning paydo bo’lish xavfi - yangi raqiblar ta’siri;
    - yetkazib beruvchilar pozisiyasi, ularning iqtisodiy imkoniyatlari - yetkazib beruvchilar ta’siri;
    -iste’molchilar pozisiyasi, ularning iqtisodiy imkoniyatlari - istemolchilar ta’siri.
    M. Porter modelini rivojlantirgan holda, tarmoqda raqobatchilik darajasini nafaqat tarmoq ichidagi omillar asosida balki, tarmoqdan tashqari omillar ta’siriga bog’lab o’rganish maqsadga muvofiq buladi.
    Bozor kuchlarining raqobatchilik omilarining muhimligi ekspert bahosiga suyangan holda, ya’ni bozordagi raqobatning beshta kuchlarining har biri o’rtacha o’lchov “bali” orqali belgilanadi.
    (8.1)
    bu yerda: ko’rib chiqilayotgan omillar soni;
    ekspertlar soni;
    omilning muhimlik koeffisiyenti;
    omil ta’sir darajasining ekspert tomonidan baholagan bali.
    Hisob-kitob natijalarini belgilangan shkalalar yordamida ko’rsatish mumkin.

    bmin (bmin+bo’r)/2 bo’r (bo’r+bmax)/2 bmax

    zaif o’rtacha yuqori o’ta yuqori



    Yüklə 0,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin