3. «DESK-INVEST» korxonasining mijozlari
«DESK-INVEST» korxonasining asosiy mijozlari quyidagilar hisoblanadi:
-yirik korxonalar,
-kichik korxonalar,
-u yoki bu turdagi qurilish mahsulotlariga buyurtma beruvchi xususiy shaxslar.
4. «DESK-INVEST» korxonasining mahsuloti
«DESK-INVEST» korxonasi bir nechta assortiment guruhidagi qurilish materiallari: 8 nomdagi egik profillar; 6 nomdagi metall cherepitsa ishlab chiqaradi.
Bu turdagi tovarlar iste’molchilarning hohish-istaklariga qarab barcha hajmlarda katta miqdorda chiqariladi. Mahsulotning bu turlari dizayni va konstruksiyasi, hajmi va shakli bilan ajralib turadi. Shuningdek, ular narxi bo‘yicha ham farqlanadi.
Oxirgi yillarda sotuv bozorlarida har bir mahsulot turining holati dinamikasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda (1-jadval).
1-jadval
Ichki bozorda mahsulotning holati1
Ko‘rsatkich
|
2017
|
2018
|
Mahsulot – egik profillar
Sotuv hajmi, ming so‘m
Foyda, ming so‘m
Harajatlar, ming so‘m
|
1 166 762
200 930
908 374
|
592 987
49 764
889 715
|
Mahsulot – metall cherepitsa
Sotuv hajmi, ming so‘m
Foyda, ming so‘m
Harajatlar, ming so‘m
|
2 108 345
378 840
1 897 416
|
2 975 155
1 003 043
3 433 205
|
Narx belgilashda hisobga olinadigan asosiy omil raqobatchilarning narxlarini o‘rganish hisoblanadi. Raqobatchilarning narxlaridan kelib chiqib, «DESK-INVEST» korxonasining marketing bo‘limi mutaxassislari imkon qadar narxni pasaytirishga intiladilar. Xomashyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ko‘p sonli vositachilarsiz sotib olignadi, bu hamma narsadan tashqari narxga kutilayotgan foyda darajasini kiritishga ham imkon beradi.
5. «DESK-INVEST» qo‘shma korxonasi faoliyatining marketing tahlili
A) Sotuv bozori tahlili
«DESK-INVEST» qo‘shma korxonasi sanoat bozorida faoliyat ko‘rsatib, o‘z mahsulotlarini ulgurji shaklda sotadi.
Korxona tomonidan mahsulot bozorining holatini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari natijasida mahalliy bozorni rivojlantirishning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |