Har bir xavf-xatar (risk) ning o’rtacha ro’y berish ehtimolini va biznes uchun xavflilik darajasini hisoblang. Xulosalar chiqaring.
2-Topshiriq
A maxsulot ishlab chiqarishning yillik rejasi 300 ming t, yil boshidagi maxsulot koldig’i 14 ming t, yil oxiridagi qoldiq rejasi 16,5 ming t. Rejalashtirilayotgan yilning marketing byudjeti sotish xajmining 30% tashkil qiladi.
agar sotiladigan maxsulot bir tonnasining narxi 4,2 mln so’m bo’lsa, sotish xajmini qiymat ko’rsatkichda aniqlang.
Rejalashtirilayotgan yil uchun marketing byudjetini aniqlang.
10-Amaliy mashg’ulot: Global bozorda biznes marketing strategiyalari
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:
10.1. Xalqaro bozorda firma strategiyalarining turlari va xususiyatlari
10.2. Xalqaro marketingda narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari
10.3. Xalqaro bozorga yo’naltirilgan marketing xizmatini yaratish
AMALIY TOPSHIRIQLAR:
1-Topshiriq
Korxona O’zbekistonga Latviyadan aksiz solig’iga tortiluvchi import tovarni kiritdi. Tavarning bojxona qiymati 8000 AQSh dollarni tashkil qiladi. tovarni O’zbekistonga kiritishda 2% poshlina, 0,2% bojxona yig’imi, 30% aksiz to’lovi to’lanadi.
Agarda tovarni O’zbekistonga kiritish paytida Markaziy bank kursi bo’yicha bir AQSh dollari 2100 so’m bo’lsa, jami to’lovlar qiymatini aniqlang
2-Topshiriq
Milliy bozorda 25000 birlik X tovar sotilgan. Bozordagi A, B va C firmalarning sotish xajmlari quyidagicha:
A Firma – 3000 birlik tovar;
B Firma – 2500 birlik tovar;
C Firma – 1000 birlik tovar.
Bundan tashqari bozorda yana 5 firma faoliyat olib boradi. 2019 yilda A firma sotish xajmini 10% ga, C firma 15% ga oshirdi, B firma 5% pasaytirdi. Bozor strukturasining 2019 va 2020 yillardagi ulushini va A firmaning 2019 va 2020 yillardagi ulushini aniqlang.
3-Topshiriq
Erkaklar kostyumlarini taqsimlashning an’anaviy kanali doirasida tarqatish kanali ishtirokchilari tomonidan ularning tovarlarini sotish narxiga qarab maxsus kelishuv asosida quyidagi sof foyda bo’yicha kelishuvlari belgilanadi:
• Ishlab chiqaruvchi - 25%.
• Ulgurji sotuvchi - 20%.
• Chakana savdo - 15%.
Bozor “Xaridor bozori” sifatida tavsiflanadi. Ushbu markadagi yerkaklar kostyumining chakana savdosi har bir donasi uchun 200 000 ming miqdorida belgilandi.
Aylanma xarajatlar bu tovarlarni taqsimlashning har bir ishtirokchisining sotish narxidagi quyidagi ulushlari:
• Ulgurji sotuvchi-5%.
• Chakana savdo - 10%.
Savollar:
1. Tovarlarni taqsimlashning har bir ishtirokchisi tijorat kelishuvga rioya qilgan holda, qanday miqdordagi foyda olishini hisoblab chiqing?
2. Har bir yerkaklar kostyumining ishlab chiqarish narxining chegaralari qanday?
3. Tovar aylanmasining barcha ishtirokchilarining foydalariga bo’lgan talablarni tenglashtirish qanchalik qonuniy bo’lar yedi va nega bu rivojlangan bozorlarda sodir bo’lmaydi?
Dostları ilə paylaş: |