12-Amaliy mashg’ulot: Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish strategiyasi Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq: 12.1. Mahsulot portfelini tahlil qilish
12.2. Yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni
12.3. Innovasion mahsulotlar yaratish
AMALIY TOPSHIRIQLAR: 1-Topshiriq Mebel fabrikasi 200 komplekt yangi yumshoq mebel ishlab chiqarish uchun 900 mln so’m investisiya kiritdi. Ushbu kiritilgan kapitaldan korxona 40% foyda olishni ko’zlamoqda. Ya’ni bunda maqsadli foyda miqdori 360 mln so’mga teng bo’ladi. Bir komplekt mebelning tannarxi 7,2 mln so’mni tashkil qiladi. Korxona ko’zlangan foydani olish uchun bir komplekt mebelning narxini necha so’m qilib belgilash lozim.
2-Topshiriq Samarqand shaxridagi non va non maxsulotlari bozorida 7 ta non kombinati va 100 dan ortiq yakka tadbirkorlar faoliyat olib boradilar. “Obi-non” non maxsulotlari ishlab chiqarish kombinati “Registon non” kombinatini o’zining asosiy raqobatchisi deb xisoblaydi. “Obi-non” kombinati 25 yildan ortiq vaqtdan beri Samarqand non maxsulotlari bozorida faoliyat ko’rsatadi, “Registon non” 10 yildan beri faoliyat yuritmoqda. “Obi-non” 36 ta magazinlar tarmog’iga ega bo’lsa, “Registon non” 17 ta magazinlar tarmog’iga ega. Ikkala korxonada xam maxsulotlar assortimenti va narx siyosati deyarli bir xil. Ikkala korxona xam bozorda narxlashtirish bo’yicha lider xisoblanadi. “Obi-non” korxonasining ustunliklari quydagilarda namoyon bo’ladi:
-bozorni qamrab olish ko’lamining kengligi (magazinlar tarmog’i shaxarning barcha xududini qamrab olgan);
-maxsulot assortimentining kengligi;
-personalning yuqori malakasi.
Istemolchilar uchun muhim xisoblangan va raqobatchilar foydalana olmaydigan pozisiyalashtirishning mezonlarini aniqlang.
13-Amaliy mashg’ulot: B2B bozorida narx strategiyalari Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq: 13.1. B2B bozorida narxlarning shakllanishi, o’ziga xos xususiyatlari
13.2. Narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar. Narx belgilash usullari
13.3. Narx strategiyalari
AMALIY TOPSHIRIQLAR: 1-masala. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobatda firma talabni o‘zgartirmagan holda narxni oshirishi mumkin. Firma narxni quyidagicha o‘zgartirsa, tovar sotishdan kelib tushuvchi tushum qanday o‘zgaradi (avvalgi sotuv hajmi saqlanib tursa-10000): a) 110 so‘m.; b)120 so‘m.; v) 130 so‘mgacha?
2-masala. Narx bilan bog‘liq raqobatda sotuvchilar narxni tushirgan yoki oshirgan holda talab egri chizig‘i bo‘yicha harakat qiladi. Firma mahsulotga bo‘lgan talabni a) 10000 b) 15000 v) 20000 birlikka yetkazish maqsadida narxni 100 so‘mdan 150 so‘mgacha tushiradigan bo‘lsa, pul tushumi qanchalik o‘zgarishini hisoblang.
3-masala. Raqobatli kurash olib borishning maqsadsiz usulida ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarini differensiatsiya qilish yo‘li bilan yangi talab egri chizig‘ini yaratadilar. Firma mahsulot narxini 100 so‘mligicha saqlab turgan holda o‘z tovarlariga bo‘lgan talabni 10000 tadan a) 12000 b) 15000 v) 20000 taga oshiradigan bo‘lsa pul tushumi qanchalik o‘zgaradi?
4-masala. Faraz qilaylik, qaysidir tarmoqda quyidagi hol mavjud: a) umumiy taklif hajmi 1100000 birlik bo‘lgan, ulushi deyarli bir xil bo‘lgan 1000 ta firma. Firmalardan biri ishlab chiqarishni ikki baravar kamaytirishi yoki oshirishi narxga ta’sir qiladimi? U yoki bu holatda umumiy taklif qanday o‘zgaradi? Mazkur tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi firmalar soni quyidagicha bo‘lsa, nima o‘zgaradi: b) 110 ta firma? v) 11 ta firma?