Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Majmuayontomonida. 
Ma’lumki, XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi 
davrida Toshkent Movarounnaxrning yirik madaniy, savdo va hunarmandchilik 
markaziga aylanadi. Xuddi shu davrda Shayx Kaffol Shoshiy qabri atrofi 
obodonlashtirilib, uning ustiga maqbara bunyod etiladi. Maqbara atrofi hamda Eski 
shaharning Sebzor qismi shayx nomi bilan Xazrati (Xasti) Imom deb atala 
boshlanadi. XVI asrning 30-50 yillarida Xazrati Imom qabristoni hududida 
Baroqxon madrasasi bunyod etilib, XV-XVI asr boshlariga oid ikki maqbara biri 
nomsiz, ikkinchisi Suyunxo’ja maqbarasi bilan yagona majmuaga aylantiriladi. 
Abdullaxon II mablagi hisobiga Kaffol Shoshiy maqbarasi ro’parasida shu yilda 
vafot etgan Shoshiy avlodi bo’lmish Shayx Boboxoji sharafiga qo’sh uslubida 
maqbara bunyod etiladi. Maqbara 1939-yilda buzib tashlangan. 
Xazrati Imom majmuasida binolar qurilishi XIX asrda ham davom ettiriladi. 
Xususan, 1856-1857-yillarda Baroqxon madrasasi ro’parasida Qo’qon xonining 
Toshkentdagi hokimi Mirza Axmad Qushbegi Muyi Muborak madrasasini, uning 
yonidagi shahar jome’ masjidlaridan biri-Tilla Shayx masjidini qaytadan qurdiradi.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Kaffol Shoshiy maqbarasidan sharq 
tomonda yirik Namozgoh masjidi quriladi. Obidaning eshigi ustida mayolik 
pannoda usta va xattotning ismi she’riy tarzda fors tilida bitilgan. Inshoot bir necha 
marta qayta ta’mirlangan. 
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 


207 
10.15-rasm.
XazratiImomMajmuasi. 


208 
10.16-rasm.
XazratiImomMajmuasi.





209 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin