Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


-ob’ekt.Usta Turg’uboy Mirzaahmedovyaratgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

2-ob’ekt.Usta Turg’uboy Mirzaahmedovyaratgan 
atlas namunalari
 
Hurmatli ekskursantlar! Hozirda hurmat va ehtirom bilan tilga olinuvchi 
mohir arbandchimiz Turg‘unboy aka Mirzaahmedovdir. U kishi bu kasbni ota-
bobolaridan, qolaversa yuqoridagi ustozlaridan meros qilib olgan. Sakkiz yoshli 
bolakay otasidan ushbu san’atni o‘rgangan. 15 yil davomida turli-tuman atlas 
nusxalarini yaratdi. 1976-yilgi Leypsig yarmarkasida o‘zi yaratgan atlas nusxasi 
uchun 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi. «Hurriyat», «Oromijon», «Tabassum», 
«Tannoz», «Sayqal», «Marg‘ilon», «Farg‘ona darvozasi», «Turon», «Mustaqillik», 
«Sohibqiron», «Bibixonim», «Samarqand sayqali», «Ulug‘bek yulduzi» kabi 
turlarini yaratishdan tashqari u yo‘qolib borayotgan nodir nusxalarni topib tikladi. 
«Banoras», «Beqasam», «Shohi Adras» nusxalari shular jumlasidandir.
Turg‘unboy akaning nusxalari asosan o‘ta milliyligi jihatidan ham qadrlidir. 
Jozibasi va milliy bezalishiga ko‘ra uning atlaslari turli ko‘rgazmalarning 
shohsupalaridan o‘rin oldi. BMT tomonidan Respublikamizda tashkil etilgan 
Respublika ko‘rgazmasida sovrindor bo‘lgan bo‘lsa, poytaxtimiz va Samarqand, 
Urgut, Shahrisabz, Buxoro kabi viloyat shaharlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda 
faxriy o‘rinlarni egalladi. Xullas, Marg‘ilonda Turg‘unboy aka atlaslarining oldiga 
tushadigani yo‘q. Yaqinda uning atlasi Londonga yo‘l oldi. O‘zbekiston 
Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi tomonidan Londonda doimiy faoliyat 
ko‘rsatuvchi O‘zbekiston matolar do‘koni ochildi. Unga birinchilar qatori 
Turg‘unboy akaning atlaslari yuborildi.
O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy hunarmandchilikning unitila 
boshlangan qadimiy an’analari va maktablari mana shunday ustalar tomonidan 
qayta tiklanib, rivojlanib hamda boyib bormoqda. Shu o‘rinda quyidagi to‘rt misra 
she’rni keltirib o‘tamiz. 


253 
Marg‘ilonning atlasi bor, shoni bor, 
Yurtga manzur oltin ipak koni bor. 
Kelsa, mehmon xushlaydi, bag‘rin ochib, 
Tandir to‘la patir, gijda noni bor. 
Mustaqillikdan so‘ng atlasning «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Paxta-oy», 
«Rasadxona» kabi yangi-yangi turlari yaratilib, 200 dan ortiq go‘zal nusxalar 
ishlab chiqarilmoqda. Shulardan 1967 yili korxona o‘zining «2-O‘z» va «174» 
artikulli atlaslari bilan Kanadaning Monfealp shahrida o‘tkazilgan xalqaro 
ko‘rgazmada oltin medal bilan mukofotlangan. 
(Ekskursantlarga dastgohda o’tirib ishlab ko’rishlari uchun 5 daqiqa vaqt 
beriladi. Usta Turg’uboy Mirzaahmedov bilan savol-jvob o’tkaziladi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin