Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Qalampir nusxali do’ppi.
Do‘ppilarning
shabpo‘sh
deb ataladigan turi ham bor. U tikuv mashinasida 
yoxud qo‘lda baxyalab tikilgan ip gazlama matodan tayyorlanadi. Shabpo‘shni 
qishda telpak ostidan yoki tungi bosh kiyimi sifatida kiyishgan.
Do‘ppi tikish kasbi-do‘ppido‘zlik, do‘ppi tikuvchi ustani esa do‘ppido‘z deb 
ataganlar. Do‘ppi tikish san’ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug‘illanib 
kelishgan, ko‘pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma’lum 
bir andozani takrorlagan, balki, tez-tez o‘zicha naqsh kompozitsiyasini, uning 
rang-tusini o‘zgartirgan bu esa do‘ppiga alohida husn bag‘ishlagan. Shunday qilib, 
an’analashgan sari bu san’at avloddan avlodga o‘tib, do‘ppilarning kashtalarida 
rang-barang va betakror naqshlar paydo bo‘lib borgan. O‘zbek kashtachilik 
san’atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib, uni anglashning 
o‘ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi 
hisoblanadi. Do‘ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, 
olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi.
Do‘ppilardagi eng ko‘p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va 
unumdorlik ramzi bo‘lgan bodom naqshi kiradi. Ba’zi do‘ppilar ornamentida 
to‘lg‘anib turgan ilon izi tasvirini ko‘ramiz. Bu tasvir yomonlikdan asrovchi vosita 
sifatida qaraladi va xalq orasida tumor sifatida bilishadi. Respublikada 
Marg‘ilonning eng ko‘p tarqalgan do‘ppi bezagi «qalampir guli», «tumor» bo‘lib, 
poklik hamda ko‘z tegmaslik ramzi hisoblanadi. O‘zbekistonda bolalar, birinchi 
navbatda yangi tug‘ilgan go‘daklar, shuningdek, ko‘zi yorigan ayollarni yomon 


263 
ko‘zlardan asrash ma’nosida bodom yoki qalampir shaklida tumor taqishadi, shu 
bois ularni xalq san’atida ham himoya ma’nosida qo‘llashadi. Do‘ppilardagi pat 
bog‘lami, qushlar tasviri esadonishmandlik, oqillik ramzidir. 
Do‘ppining xalqimiz hayotidagi muhim ahamiyatini do‘ppi bilan bog‘liq
ertak, afsona, rivoyat, naql, maqol, matal, iboralar mavjudligidan ham bilsak 
bo‘ladi. Xalqimiz orasida eng ko‘p tarqalgan iboralarga murojaat qilaylik: 
Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi. 
Do‘ppisi tor kelib qoldi. 
Do‘ppini olib qo‘yib o‘ylash kerak. 
Do‘ppi maqol va topishmoqlarimizda ham tilga olinadi.Masalan,«O‘zi bitta, 
yuzi to‘rtta, bolachalari esa o‘n oltita» degan qiziqarli topishmoq ham bor. 
Do‘ppi insonning boshini himoyalovchi, asrovchi bosh kiyimi bo‘lishi bilan 
birga, unga do‘ppi kiygan insonning kuch-quvvati, irodasi, hislatlari o‘tadi deb 
ham hisoblashgan. Ko‘pni ko‘rgan, sog‘lom, baquvvat keksalarning taxlangan 
do‘ppisi bilan kinnalab qo‘yish, silash, «emi-demi shu emish» deya urib qo‘yish 
bemorga quvvat berishiga umid qilganlar. 
Hozirgi kunda ham yangi chaqalok dunyoga kelishi bilan onalar, buvilar 
unga jajjigina do‘ppi qidira boshlaydilar. Do‘ppichaga ukki parlarini, 
ko‘zmo‘nchoqlarni qadab, tuzatilgan beshigi boshidagi dastaga qo‘ndirib 
quo‘yadilar. 
Chaqaloqqa 
aytilgan 
allalarda 
ham, 
xalqning 
eng ommalashgan 
qo‘shiqlarida ham do‘ppi, albatta, tilga olinadi.
Masalan: 
O‘smalar siqay qoshingga, alla,
Do‘ppilar tikay boshingga, alla.
Allalar aytib uxlatay oyimchani, alla,
Beshikka solib tebratay begimchani, alla. 
Tog‘da kiyikning bolasi, alla, 
Bog‘da uzumning g‘o‘rasi, alla. 
Do‘ppisida ukki pari, alla, 


264 
Bu kimning nevarasi, alla? 
Do‘ppining to‘rt tomoni falakning to‘rt burjidir. Tomonlarga chekilgan naqshlar 
burjlardagi yulduz, oylar aksidir. Bu do‘ppiga ega xalq falakka yaqin, mumtoz 
xalqdir. Shoir kuylaganidek, 
Qayga bormay, boshda do‘ppim, 
G‘oz yurarman gerdayib, 
Olam uzra dong‘i ketgan 
O‘zbekiston, o‘zbegim. 
Qayga bormay, boshda do‘ppim, 
Shuhratim, qadrim buyuk. 
Olam uzra nomi ketgan, 
O‘zbekiston, o‘zbegim. 
Marg‘ilon do‘ppilarining ta’rifini yurtimizdagina emas, balki xorijiy 
mamlakatlarda ham e’zozlanib kelinayotganligiga aminmiz. Marg‘ilon do‘ppilari 
Amerika, Kanada, Germaniya, Fransiyadagina emas, balki yashil qit’a hisoblangan 
Avstraliyada ham o‘z ixlosmandlariga ega. Buyurtma tarzida tayyorlangan 
Marg‘ilon do‘ppilari xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, biznes olami 
namoyondalari ham katta qiziqish bilan qaraydi. Yo‘rmado‘zlik Ortiqxon aya, 
Munisxon aya, Ominaxon aya, Xabiba opa, Roziyaxon aya, Adolatxon xoji aya 
kabi o‘nlab chevarlarimiz o‘tmishda va hozirgi kunimizda nozik didli xalqimizning 
do‘ppiga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirib kelmoqdalar. 
Ziyolilar oilasida tavallud topgan (1940 yil) Adolatxon xoji aya G‘ulomova 
xondo‘ppido‘zligi hamda milliy liboslar yaratish borasidagi uzoq 50 yillik mehnati 
evaziga o‘ziga xos bo‘lgan «Adolatxon maktabi»ni bunyod etdi. Besh avlod 
vakilasi bo‘lgan Adolatxon aya 8 yoshidan boshlab volidai muxtaramalari 
Turg‘unoy onalaridan do‘ppido‘zlik saboqlarini egalladilar. Do‘ppining o‘ziga xos 
bo‘lgan nozik va bejirim «bodomcha», «Iroqi», «Chor guli» kabi nusxalarini 
o‘zlashtirish bilan birga, murakkab shakl va ko‘p qo‘l mehnati talab qiladigan 
«Tayi do‘zi» ni ham o‘zlashtirishga harakat qilib keldi.


265 
Do‘ppi baxmal, sidirg‘a shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar iplar bilan 
kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan bo‘laklar (tepa, kizak)ga astar yopishtirilib, 
mayda nozik chokda qaviladi va mustahkamlanadi. Qaviqlar orasiga paxta yoki 
qog‘ozdan pilta uriladi. So‘ng tayyor bo‘laklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak 
ya’ni tasma bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan do‘ppilar taxtakachga qo‘yiladi. 
Tayyor bo‘lgan do‘ppi bichimiga qarab, murabba, konussimion (dumaloq) shaklga 
ega bo‘ladi. Do‘ppi to‘rt qismga bo‘linadi, uning ikki qarama qarshi qismi 
uchburchak hosil qiladi, qolgan ikki qismi esa ular orasiga ikki buklanib qatlanadi. 
Shu holda yangi do‘ppi sal namlanib, bosim tagiga qo‘yiladi, natijada u ma’lum bir 
shaklga kiradi. 
O‘zbek do‘ppisi - millatimizning fahri, ijodkor xalqimizning qanchadan - 
qancha sirli naqshlar, suvratlar tarixini o‘zida mujassam etgan, chevarlarimizning 
mohirona san’at mahsulidir. Ularning qay birini qo‘lingizga olmang, xalqimiz 
yaratgan san’at asarining bir butun bo‘lagini tutgandek bo‘lasiz. 
(Ekskursantlarga do’ppi turlarini kiyib ko’rishlari va rasmga tushishlari uchun 
5 daqiqa vaqt beriladi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin