30
Ekskursiya xizmatida zamonaviylikni tavsiflovchi ma’lumot 3 holatda o‘z
aksini topadi:
birinchisi
, ekskursiya xizmatining barcha mavzusi hozirgi zamon
voqealariga bag‘ishlanadi («Toshkent – bunyodkorlik markazi», «Samarqand –
turizm shahri»);
ikkinchisi
, hozirgi zamon voqealariga ekskursiya xizmatining bir
qismi yoki bir necha mavzuostilarigina bag‘ishlanadi. Bunday holat shahar, tuman
bo‘ylab ko‘rgazmali ekskursiyalarga xosdir («Samarqandning kecha va buguni»,
bitta ko‘chaning tarixi). Ekskursiya xizmatida shahar, mahalla, tumanning o‘tgan
zamoni (tarix), buguni (zamonaviylik) va kelajagi (rivoji) ko‘rsatiladi.
Uchinchisi
,
ekskursiya xizmati to‘liq tarixiy voqealar, yodgorliklar tarixiga bag‘ishlanadi.
Fandagi yutuqlar asosida o‘tmish voqealari (ming yillar avval) zamonaviylik nuqtai
nazaridan baholanadi, bugungi kun bilan bog‘lanadi (Samarqanddagi Mirzo
Ulug‘bek observatoriyasiga ekskursiya).
Ekskursiya xizmati samaradorligi undagi ma’lumotlarning qanchalik
tushunarli hikoya qilinishi, ushbu auditoriya uchun mazmunan soddaligiga
bog‘liqdir. Ma’lumotlar ekskursantlarning tayyorgarlik darajasi, umumta’limiy
ahamiyati, hayotiy tajribasini hisobga olgan holda hikoya qilinishi kerak.
Ekskursiya jarayoni ma’lumotlarining ishonarliligi quyidagilar asosida
ta’minlanadi:
mavzuni yorituvchi muhim faktlarni tanlash;
ishonchli taqqoslanma ma’lumotlardan foydalanish;
dalillarni to‘play olish;
ishonchli manbalarga tayanish, ma’lum bir voqea ishtirokchilari va
guvohlarining fikrini o‘rganish;
rasmlar, hujjatlar nusxasi, xaritalar, chizmalarni namoyish etish.
Dostları ilə paylaş: