31
Ekskursiya xizmatida axborotning ko‘pgina qismi ob’ektlarni ko‘rsatish bilan
tasdiqlanadi. Axborot sifatida gid oxirgi xalqaro voqealarni emas, mavzuni hikoya
qilishi kerak. Ekskursiya xizmatini o‘tkazishda avvaldan tasdiqlangan matn asos
bo‘ladi. Ekskursiya xizmati mazmunini ertalabki radio yoki gazetadagi xabarlar
bilan to‘ldirmaslik (agardaxabarlar favqulodda hodisalar to‘g‘risida bo‘lmasa)lozim
bo‘ladi.
Madaniy hordiqni tashkil etish funksiyasi
.
Dam olish bu- insonning asosiy
ishidan keyingi qoladigan bo‘sh vaqtidir. Bo‘sh vaqtni inson sutka davomida, hafta,
yilning ma’lum bir davrida, o‘z xohishiga ko‘ra faol ijodiy yoki jamoaviy
faoliyatga, o‘zi yoqtirgan ishga, do‘stlari bilan muloqotga sarflaydi.
Ekskursiya xizmatini «o‘quv va o‘z ustida ishlash» mashg‘uloti turiga
kiritishi mumkin. Madaniy hordiq shakli sifatida ekskursiya xizmati ma’naviy
ehtiyojlarni qondiradi va shakllanishini ta’minlaydi. O‘tgan asrning 20 yillarida
ekskursionist olimlar ekskursiya xizmatini dam olish sifatida emas, balki
ekskursantlardan ko‘pgina kuch-quvvat talab etuvchi aqliy mehnatga qiyoslashgan.
Ekskursiya xizmatidagi bilimlarning tizimliligi, sayr qilish, qiziqishga qarab tanlash
imkoniyatining mavjudligi ushbu xizmatni insonlarning ommabop mashg‘ulotiga
aylantirdi. Ekskursiya xizmatini ishdan ajralmagan o‘qish shakliga ham qiyoslash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: