130
hikoyasida aniq bir ob’ekt – bino, me’moriy ansambl, tabiat durdonasini inobatga
olayotgan bo‘ladi. Ushbu metodikaning o‘ziga xosligi shundaki, gid ekskursantlar
diqqatini bir predmetga qaratishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Ushbu holat
bir xil o‘xshash binolar joylashgan ko‘chada ro‘y berayotgan bo‘lsa, u holda
kerakli binoni ajratib olish uchun
gid tomonidan uning rangi, qurilish uslubi
ta’kidlab o‘tiladi. Ekskursantlar binoni ilg‘ab olganidan so‘ng gid hikoyasini
davom ettiradi.
5.
Ekskursiya hikoyasining aniqligi.
Aniqlik
degani bu nafaqat mavzudagi
balki, keltirilgan faktlardagi aniqlik hamdir. Hikoya qilishda aniqlik materiallarni
umumiy tarzda havola etish emas, aksincha mavzuni ochib berishda, tushuntirishda
aniq
materiallardan
foydalanish
tushuniladi.
Hikoya
qilishda
aniqlik
materiallarning rangbarangligi (dalillar,
misollar, sanalar, raqamlar, familiyalar)
bilan belgilanadi, deyish noo‘rin. Ekskursiya xizmatida materialning aniqligi –
fikrning aniqligi, ma’lum bir narsani aniq va konkret shaklda berishdan iborat.
6.
Hikoya qilishning ta’kidlovchi xususiyati.
Gid
tarixiy voqea-hodisalarni
hikoya qilishda u xuddi shu tarzda, aynan shu joyda, sanab o‘tilgan shaxslar unda
ishtirok etganligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Aniq bir voqeani ta’riflashda hozirgi
zamon (o‘tmish yoki kelajakka) bilan bog‘laydi, uni ob’ektiv isbot sifatida,
ma’lum bir shaxs tomonidan amalga oshirilganligiga urg‘u berib o‘tadi. Puxta
tayyorlangan va o‘tkazilgan ekskursiya xizmati ekskursant xayolida ko‘rib turgan
ob’ektdan ham ziyoda narsalarni ilg‘ab olish imkonini berishi mumkin.
Ko‘pgina ekskursiya xizmati ob’ektlari unga bog‘liq
voqea-hodisalar bilan
qiziqarli bo‘lishi mumkin. A harfi bilan ekskursiya xizmati ob’ektini belgilasak, B
harfi bilan uning atrofida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni keltirsak, unda quyidagi
oddiy formulani olamiz: A+B. Mazkur formulaning mazmuni ekskursiya xizmati
amaliyotida turlicha variantlarga ega. Ularning ayrimlarini keltiramiz.
Ekskursiya arayonidagi hikoya mavzuni ochib berishdagi axborot hamda
tahliliy material hisoblanadi. Gid hikoyasi orqali ob’ekt, voqea-hodisa to‘g‘risida
ma’lumot beradi,
tushuntiradi, ta’riflaydi, ma’lum bir ma’noda uning qiyofasini
shakllantiradi. Ekskursiya jarayonida mutaxassislar hikoya qilishning ko‘pgina
131
usullaridan (ma’lumot berish, tushuntirish,
tavsiflash, izohlash) foydalanishadi.
Ekskursantning xulosasi nafaqat eshitganlariga, balki ko‘rganlariga ham
asoslangan bo‘ladi.
8.1-jadval
Dostları ilə paylaş: