Maqbara ichi va qabrtoshlar.
Maqbara g‘oyatda nafis bezatilgan. Devorning
pastki qismida ko‘kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning
choklari ko‘kimtir toshlar terib bezatilgan.
Maqbaraga rangdor oynalar solingan panjarali darchadan yorug‘lik tushgan.
Shu oynalardan o‘tib tushgan quyosh nuridan maqbara ichi rang-barang ranglar
bilan tovlanib turgan. Maqbara gumbazining ichi bezatilishida «pap’e mashe»-
156
uslubidan foydalanilgan. Bu maxsus Samarqand qog‘ozi bir-biriga yelimlanib,
maxsus shaklga keltirilgan, oltin suvi yugurtirilgan va maxsus mixchalar bilan
peshtoq ichki qismiga bezak sifatida qoqilgan.
Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan uzoq safaridan qaytib
kelayotganda to‘satdan kasal bo‘lib vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga
olib kelinib, majmuaning janub tomonidagi ayvon orqasidagi dahmaga dafn
qilinadi. Amir Temur shahzodaga atab maqbara qurish haqida farmon beradi.
Shundan keyin daxma ustiga sakkizyoqli bino quriladi. Sharq tarixchisi
Sharafiddin Ali Yazdiy bu bino
«osmon kabi baland gumbaz, devorlarining pastki
qismi zarhal va lojuvard bilan bezatilgan marmar toshdan qilingan»
deb
ta’riflaydi. Lekin qurilish ishlarini Amir Temur oxiriga yetkazmagan. U 1405-
yilning 18-fevralida vafot etadi va Muhammad Sulton jasadi yoniga dafn qilinadi.
Maqbaraning
o‘rtasiga o‘rnatilgan sag‘analar ustida Temuriylarga
bag‘ishlangan yozuvlar bor. Markaziy toshga e’tiboringizni qaratmoqchiman!
Amir Temurning qabri ustiga, qo‘yilgan to‘q yashil rangli nefrit tosh diqqatni
o‘ziga jalb etadi. Mirzo Ulug‘bek 1425-yilda mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba
qozonganda qo‘lga kiritgan mollar ichida ikki bo‘lak nefrit ham bo‘lgan. Shu
ikkala toshga yaxshilab ishlov berib, bir-biriga ulab, Mirzo Ulug‘bek Amir Temur
bobosining qabri ustiga qo‘ydirgan. Siz ko‘rib turgan panjaralar ham o‘sha davrda
Ulug‘bek farmoniga binoan o‘rnatilgan va bizgacha o‘z holida saqlanib kelgan.
1740-yilda Eron shohi Nodirshoh Buxoro xonligini zabt etgan vaqtida (o‘sha
vaqtda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi) Amir Temur qabri ustidagi toshni
Mashhadga olib borishga buyruq bergan. Yo‘lda nefrit tosh aravadan tushib ketib
singan. Lekin, shakkok bo‘lishdan cho‘chigan hamda Eronda vabo kasalligi
tarqalganidan so‘ng ruhoniylarning maslahati bilan Nodirshoh bu niyatidan qaytib,
o‘sha zamonlar uchun uzoq va qiyin bo‘lgan safarlardan keyin toshni yana
qaytadan joyiga keltirib qo’ydirgan.Shuningdek, bu yerda ko‘plab boshqa
temuriyzodalar dafn etilgan. Amir Temur vafotidan keyin taxt uchun o‘zaro
urushlar boshlanib ketib, maqbarani qurib tugatishga xalaqit beradi. Mamlakat
1409-yildagina tinchiydi. Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo Hirotni poytaxt
157
qiladi. Mirzo Ulug‘bekni esa Samarqand hokimi etib tayinlaydi. U mamlakatda
madaniyat va qurilish ishlarini rivojlantirib yuboradi. Mirzo Ulug‘bek buyuk
bobosiga hurmat yuzasidan sakkizyoqli maqbarani Temuriylar avlodi dafn
qilinadigan maqbaraga aylantiradi. Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy
ustozi Mir Sayyid Barakaning jasadi ham shu maqbaraga ko‘chiriladi. Amir
Temurning o‘zi ustozining oyoq tomoniga dafn etiladi. Ba’zi rivoyatlarga
qaraganda, Amir Temurning o‘zi shunday vasiyat qilgan ekan. Binoning ichi
yangidan bezatiladi, maqbara sahniga daxmalar qo‘yilib, atrofi nafis marmar
toshdan panjara qilinadi. Maqbarada Amir Temurning o‘g‘illari-Mironshoh va
Shohruhlar ham dafn etilgan.
1449-yilda Mirzo Ulug‘bek ham shu maqbarada dafn etiladi. Shuningdek, bu
yerda ko‘rib turgan ikkita kichik qabrchalar taxminlarga ko‘ra, Ulug‘bekning
bolalikda vafot etgan farzandlarining qabrlari hisoblanadi. Yuqorida turgan qabr
esa Said Umarning qabri bo‘lib, rivoyatlarga ko‘rau inson barcha kulollarning piri
bo‘lgan. Uning ustiga o‘rnatilgan belgi ham buning isbotidir.
1994-1996-yillar Samarqand shahriga yurtboshimiz tomonidan «Amir
Temur» ordeni berilishi munosabati bilan maqbarada katta hajmdagi ta’mirlash
ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda bu joy mamlakatimizdagi eng chiroyli
majmualardan biri hisoblanadi.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt
beriladi. Savollarga javob beriladi).
|