Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


SAMARQAND -ER YUZINING SAYQALI» nomli ekskursiya xizmatining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

SAMARQAND -ER YUZINING SAYQALI» nomli ekskursiya xizmatining
 
DASTURI
Davomiyligi: 
3 soat 
Masofasi:
Samarqand shahri bo’ylab 15 km
Ekskursiya maqsadi:
Samarqand shahridagi mashhur tarixiy-arxitektura 
yodgorliklari bilan tanishtirish


153 
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh:
xorijdan tashrif buyurgan 
turistlar 
Ekskursiya mavsumi: 
yil davomida 
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI 
 
1-
 
ob’ekt: AMIR TEMUR MAQBARASI(1404-yillar) 
 
Hurmatli ekskursantlar! Siz ko’rib turgan ob’ektingizAmir Temur maqbarasi 
bo’lib, jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida 
e’tirof etiladi. 
Majmua «qo‘sh» uslubidagi bosh peshtoq, ikki tomonlama ketuvchi 
to‘rtburchak shakldagi hovlini hosil qiluvchi va bizgacha aksariyat qismi 
saqlanmagan devorlar, 4 ta minora shulardan 2 tasi saqlangan, ikki tomonlama 
qarama-qarshi shaklda Muhammad Sulton farmoniga binoan qurilgan madrasa va 
xonaqoh poydevorlari va asosiy maqbara majmuasidan tashkil topgan.
Endi majmua bilan yaqindan tanishishni boshlasak! Marhamat! 
Amir Temur maqbarasi peshtoqi. 
Muhammad Sulton ansamblidan faqat 
peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, turli-
tuman koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga 
binoni qurgan usta-Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va 
«Dini 
jannat dili poklarnikidir»
deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. G‘ishtli ustunlar 
bezagida “girih” deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib 
ishlangan kompozitsiya asosiy o‘rinni egallaydi.
Madrasa va xonaqoh qoldiqlari.
E’tiboringizni madrasa va xonaqoh 
qoldiqlariga qaratmoqchiman! Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, XVII asrda mad-
rasa ishlab turgan, xonaqoh binosidan esa vayronalargina saqlangan. XVIII asrning 
20-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz davrida huvillab qolgan Muhammad 
Sulton madrasasi harobaga aylana boshlagan. Muhammad Sulton xonaqohi va 


154 
madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Lekin bu 
qoldiqlar ham asrlar bo‘yi pinhon bo‘lib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi. 
Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining 
qoldiqlari ko‘rinib turadi. Chorsu hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar tushgan. 
Hujralar boshqa madrasalardagi singari bo‘yi uzun, eni tor bo‘lib eshik tepasidagi 
darchalardan yorug‘ tushib turgan. Madrasaning burchaklarida gumbazli 
darsxonalar bo‘lgan.Xonaqoh o‘rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida 
ikki qavatli, biridan ikkinchisiga o‘tiladigan xonalar bo‘lgan, bu xonalarning 
ba’zilarida kishilar yashagan, ba’zilari muzokara o’tkaziladigan joy bo‘lgan.
Hovli atrofini o‘rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo‘lingan. 
Hovlining tashqi burchaklarida to‘rtta minoralar bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari 
ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasi 
minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi 
tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir 
qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar 
yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tugaydi. Saqlangan 2 
minoralarning birida 
«banda tadbir etar, olloh taqdir etar»
deb yozilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin