145
yo‘naltirishilozimdir. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rish va hikoyasida
yangilik, mazmundorlik, soddalilik uyg‘unlashib, mavzu dolzarb bo‘lsagina
ekskursantlar
diqqati
barqaror
bo‘lishi
mumkin.
Kattahajmdagima’lumothamqanchalikqiziqarlibo‘lmasine’tiborsusayishigaolibkeli
shimumkin, gid bu kabiholatlarbilankurashishnio‘rganishilozim.
Gidhikoyasiningqaysidaqiqalarida,
qandayoraliqdae’tiborsusayishiboshlanadi? Ekskursiya
xizmati amaliyoti bilan
bog‘liq bunday ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin har bir gid o‘z tajribasida bu
kabi muammoga duch keladi. E’tibor susayishining davriyligi va davomiyligi
ko‘pgina sabablarga bog‘liq: gid ma’lumotlarining eskirganligi, nutqning
yetarlicha obrazli, hissiyotli bo‘lmasligi, ob’ektni ko‘rsatish
va hikoyasi
mazmunidagi bog‘liqlikning yo‘qligi, gid tomonidan ekskursantlar guruhining
o‘ziga xosligini tahlil qilmaganligi va h.k.
Ma’ruza o‘qish metodikasidan e’tiborning susayishi vaqti borasidagi
yo‘nalishli ma’lumotlarni olish mumkin. Notiqlarning chiqishini tadqiq qilgan
olimlar
shuni aniqlashdiki, tinglovchilarda birinchi e’tibor susayishi ma’ruzaning
14-18 daqiqasida, ikkinchisi birinchisidan so‘ng 11-14 daqiqada, uchinchisi 9-11
daqiqadan so‘ng, to‘rtinchisi 8-9 daqiqadan so‘ng va keyinchalik har 4-5 daqiqada
yuzaga keladi. Birinchi raqamlar yoshlardagi e’tibor susayishini ko‘rsatsa,
ikkinchisi katta yoshdagilarga xosdir. Bu ma’lumotlarni gid ham notiq sifatida
inobatga olishi mumkin, lekin uning faoliyati tashqi xalaqit beruvchi omillarning
ta’siri bilan murakkablashadi(masalan, zaldagima’ruzachidanko‘ra).
Ekskursiyajarayonidaob’ektlar,
manzara
o‘zgarib
turadi
va
bu
ekskursantlare’tiboriga ijobiyta’sirko‘rsatadi. Lekinbitta ob’ekt oldida 10- 15
daqiqauzluksizma’lumot berilsa yokiavtobus harakatida atrof-muhit o‘zgarishsiz
qolsa, hikoyaning 4-5 daqiqasidayoq diqqatsusayishi boshlanadi.
Uni quyidagi
belgilardan aniqlash mumkin: ekskursantlar bir-biriga savol bilan murojaat
qilishadi, hikoyaga quloq solishmaydi, ko‘z qarashlaridan bilib olish mumkin,
ba’zi ekskursantlar
guruhdan ajralib, ob’ektni mustaqil o‘rganishadi.
146
Ekskursantlardagie’tiborsusayishinioldiniolishvauniyuqoridarajadasaqlabqol
ish
uchun
gidularnifaollashtiruvchiruhiy-
pedogogikusullarnioldindano‘ylabqo‘yishikerak.
Ekskursantlare’tiborinisaqlabqolishuchunbir necha usullartavsiyaetiladi.
Birinchisi,
ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish tartibi. Shahar ichidagi 3 soatli
avtobusli ekskursiyada 30 tagacha asosiy ob’ektlarni kiritish mumkin. Bunda har
bir ob’ektga 4 daqiqalik hikoya to‘g‘ri keladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni
ekskursantlar e’tiborini faollashtiruvchi samarali jarayon bo‘lishi uchun u konkret,
obrazli, faol,
mantiqan ketma-ket, mavzu mazmunini yoritishda navbatdagi
pillapoya bo‘lishi kerak.
Ikkinchisi,
«gidportfeli»dagi ko‘rgazmali vositalardan foydalanish. Ob’ektlar
yetarli bo‘lmagan marshrut uchastkalarida va gid hikoyasi 10-15 daqiqato‘xtovsiz
davom etganda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhimdir. Ko‘rgazmali
vosita ekskursantlarning hikoyaga bo‘lgan e’tiborini ko‘taradi, ular eshitishdan
ko‘rishga o‘tadi.
Ekskursiya mavzusi matniga «yorqin faktlar», qiziqarli epizodlarni kiritish
tavsiya etiladi. Solishtirish uchun keltirilgan raqamli faktlar yaxshi samara beradi.
Ekskursantlar e’tiborini saqlab qolish uchun qo‘llanilgan
yorqin faktlar
ekskursiya mavzusiga mantiqan mos kelishini ekskursiya matni ustida
ishlayotganda inobatga olinadi.
Hazillar, latifalar ham diqqat susayishi bilan kurashda qo‘l keladi. Hazil aqliy
va jismoniy yengillik bag‘ishlaydi, eshituvchilarda ijobiy kayfiyat uyg‘otadi, gid
va ekskursant o‘rtasida iliq munosabatlarni shakllantiradi. Gid shuni yodda tutishi
kerakki, ekskursantlarni atayin kuldirish uchun mavzuga to‘g‘ri kelmaydigan
hazillar, latifalardan foydalanmaslik lozim.
Yuqorida aytib o‘tilgan savol-javobusulinihamekskursantlardagi e’tibor
susayishini oldini olishda qo‘llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: