Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi


“Juma elevatori” AJ korxonasida narx strategiyalari



Yüklə 269,33 Kb.
səhifə7/13
tarix25.12.2023
ölçüsü269,33 Kb.
#196146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Og\'abek

4. “Juma elevatori” AJ korxonasida narx strategiyalari

Jahon iqtisodiy inqirozi sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarishi hajmining tez o‘zgarishi va asosan kamayishi bilan xarakterlidir. Sanoat korxonalari o‘z faoliyatlarini bir tekis va bir maromda olib borishlari ularning samarali faoliyatlarini ta’minlaydi va murakkab raqobat sharoitida yashab qolishlariga imkon beradi. Bu ishlarni korxona va tashkilotlardagi marketing bo‘limlari o‘zlarining marketing faoliyatlarida amalga oshirishlari talab etiladi. “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida ham marketing bo‘limi tashkil etilgan. Bu bo‘lim o‘zining oldindan tuzilgan rejasiga ega va ishlarni shu reja asosida olib boradi. Korxonadagi marketing bo‘limi o‘z faoliyatida ishlab chiqarishni nazorat qiladi va mahsulotlarning sifatini oshirish bo‘yicha va raqobatbardoshliligini ta’minlash borasida ma’lum ishlar amalga oshirilgan. buning natijasida korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining sifati ba’zi bir shu kabi korxonalarning mahsulotlari sifatidan yuqori bo‘lib turmoqda. Korxonadagi marketing bo‘limi bozorlarni tahlil qilib bormoqda va qaysi payt qanday mahsulotni qanday narxlarda sotilishini aniqlamoqda.


Shu o‘rinda tadqiqot ob’ekti bo‘lgan “Juma elevatori” AJ korxonasi haqida fikr yuritamiz.
Jamiyat to‘liq nomi: “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati
Jamiyat joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 140133, Samarqand viloyati, Juma shahri, Fitrat ko‘chasi, 2-uy
Jamiyat tarixi
1995 yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi “O‘zdonmaxsulot” Davlat Konsernini “O‘zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to‘g‘risida”gi PF-840-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 23 fevraldagi «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 88-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash qo‘mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Juma elevatorii” davlat korxonasi negizida “Juma elevatori” Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
2015 yil – “Juma elevatori” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Yüklə 269,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin