Jamiyat faoliyatning maqsadi va sohasi (asosiy yo‘nalishlari) Jamiyatning asosiy maqsadi umumho‘jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi quyidagilardan iborat:
Ustav fondi Jamiyat Ustav fondi 826 814 000 so‘mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 1975 so‘m bo‘lgan 418 640 dona oddiy aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo‘lingan.
Tashkiliy tuzilmasi Jamiyat yuqori boshkaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi. Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qonunchilik va jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroiya organi Boshqaruv Raisi Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftishchi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi. Jamiyatning qo‘yidagi shu’ba xo‘jalik jamiyatlari mavjud: “Zarafshon issiq nonlari” MChJ 2017 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Qolipli non mahsulotlarini ishlab chiqaradi. “Pastdarg’om bio xizmat” MChJ 2018 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Bio mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Infratuzilma Jamiyat yer maydoni 8,34 gektarni tashkil kiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, laboratoriya, 113 ming tonnalik don saqlash uchun elevatori va boshqa infratuzilmaviy ob’ektlar mavjud.
3-rasm. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasi1 Jamiyatni boshqarish aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi hamda Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi.
Jamiyatning faoliyatini nazorat qilish Taftish komissiyasi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari mavjud. Jamiyatning vakolatxona va filiallari mavjud emas. Jamiyatda qo‘mita va boshqa maslahat organlari mavjud emas.