Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə10/14
tarix01.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#92228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kursishi xursandova

Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega:

  • sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida, shu jumladan, sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urtaning har qanday turi bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;

  • sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va shuningdek, sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘liq hajmda va sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lanishida zarur yordam berish;

  • sug‘urtalovchidan litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlarini olish;

  • sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur hujjatlarni (sug‘urta polisini) tayyorlash va rasmiylashtirish;

  • sug‘urtalanuvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida sug‘urtalanuvchining shaxsiy hayotiga halaqit qilmasdan umumiy ma’lum bo‘lgan manbalardan tavakkalchilik va sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash;

  • qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa huquqlar.
    Sug‘urta agenti quyidagi majburiyatlarga ega:

  • sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovonini to‘lashda hujjatlarni, shuningdek sug‘urtaga oid boshqa hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirishga ko‘maklashishga;

  • sug‘urta tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug‘urtalash shartlari, litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lish;

  • sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi imkoni bo‘lgan axborotlarga ega bo‘lish, unga sug‘urta tavakkalchiligini pasaytirishga va sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif etish;

  • ishda qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Nizom talablariga qat’iy amal qilish;

  • sug‘urtalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha sug‘urtalashning amaldagi shartlari to‘g‘risida batafsil va to‘g‘ri axborot berish;

  • sug‘urta hujjatlarida nazarda tutilgan rekvizitlarni o‘chirib yozishga, tozalashga va tuzatishlarga yo‘l qo‘ymasdan tartibli va aniq to‘ldirgan holda sug‘urta shartnomalarini yangi muddatga to‘g‘ri tuzish va o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirish;

  • belgilangan shakllar bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan sug‘urta mukofoti summalari hisobini yuritish;

  • sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;

  • mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan holatlarga nisbatan mahfiylikni saqlash;

  • sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta shartnomasi mobaynida tavakkalchilik shartsharoitlari jiddiy ravishda o‘zgarishiga tegishli har qanday axborot o‘z vaqtida olinishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari paydo bo‘lganda va ularni tartibga solish jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida axborotlarning o‘z vaqtida va sifatli ayirboshlanishini ta’minlash;

  • tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining topshirig‘i bo‘yicha va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etish;

  • qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.

  • Sug‘urta agentlari o‘z faoliyatini sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradilar. Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini faqat o‘zi shartnoma (agent bitimi) tuzgan sug‘urtalovchining reestriga kiritilgandan keyin amalga oshirishi mumkin.
    Sug‘urta agentlari xizmatlariga haq to‘lash sug‘urta agenti bilan tuzilgan sug‘urta
    shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (to‘lovlar)dan vositachilik taqdirlash puli shaklida amalga oshiriladi. Sug‘urta agentlari - jismoniy shaxslar sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z nomlariga, to‘lovlar amalga oshirilganda esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o‘g‘li, qizi, opasingillari va aka-ukalari) nomiga hujjatlarni yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzishga va bunda ushbu sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga haqli emas.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin