Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


- «O‘zbekinvest Sarmoyalari» Unitar korxonasi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə13/14
tarix01.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#92228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kursishi xursandova

- «O‘zbekinvest Sarmoyalari» Unitar korxonasi
Investitsiya faoliyati
- «O‘zbekinvest Hayot» masʼuliyati cheklangan jamiyati sug'urta kompaniyasi
Hayot sug‘urtasi bo‘yicha shoʻba kompaniyasi 
Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:
“O‘zbekinvest” so‘nggi bir necha yil ichida sug'urta mukofotlari yig‘ish bo‘yicha yurtimiz sugurta kompaniyalari orasida reytingning eng yuqori pog‘onalarini egallab kelayotgan etakchi sug'urta kompaniyasi hisoblanadi.
2016 yilda “O‘zbekinvest” O‘zbekiston korxonalari orasida birinchi bo‘lib қайта sertifikatlashdan o‘tdi va SGS (Shveysariya) xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan chiqarilgan sifat menejmenti tizimining ISO 9001: 2015 yangi versiyasiga muvofiqligi sertifikatini oldi.
2022 yil dekabr oyida “Moody’s Investors Service Ltd.” tashkiloti kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan “Ba3” darajasida tasdiqladi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston bank-moliya sektori tuzilmalari orasida eng yuqori hisoblanadi.
Ahbor-Reyting agentligi 2020 yildagi faoliyat natijalariga ko‘ra Kompaniyaga milliy miqyosdagi "uzA ++" darajasida “Barqaror” istiqboli reytingini tasdiqladi.
2022 yil mart oyida A.M. Best Company (AQSh) kompaniyasidan “O‘zbekinvest”ga “Barqaror” prognozi bilan «bb» xalqaro kredit reytingi yana bir bor berildi. Shu bilan birga, “O‘zbekinvest” O‘zbekistonda ushbu agentlik tomonidan xalqaro reytingga sazovor bo‘lgan birinchi va yagona tashkilot hisoblanadi.
Kompaniyada mijozlar uchun sifatli xizmat ko`rsatuvchi malakali mutaxassislar ishlaydi:
- sug'urta qoplamasi narxi va sifatining maqbul kombinatsiyasi;
- majburiyatlarga qatʼiy amal qilish va harakatlar samaradorligi;
- har bir mijozning talab va ehtiyojlariga individual yondashish;
- zamonaviy sug'urta texnologiyalari va turli sug'urta dasturlari;
- xalqaro sifat standartlariga muvofiq xizmat va tarif stavkalarining moslashuvchanligi.
Kompaniyaning keyingi o‘sish strategiyasi korporativ va chakana savdo sohalarida bozor mavqelarini mustahkamlashga, yangi zamonaviy sug'urta mahsulotlari va dasturlarini joriy etishga, sug'urta faoliyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, shuningdek, sotish jarayoni va sotishdan keyingi xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin