Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə11/14
tarix01.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#92228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kursishi xursandova

Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari. Sug‘urta brokeri yoki makleri yuridik shaxs bo‘lib, ular sug‘urtalanuvchi uchun sug‘urta kompaniyasini uning operatsiyalarini moliyaviy barqarorligi, sug‘urta shartlarini sug‘urtalanuvchi
uchun qulayligi va boshqa omillardan kelib chiqib tanlashda maslahatchi rolini o‘ynaydilar. Sug‘urta brokerini sug‘urta agentidan asosiy farqi sug‘urtalanuvchi uchun uning keying harakatlarini aniqlab berishdagi malakali mustaqil maslahatchi bo‘lishi zarurligidadir. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunini 7-moddasida sug‘urta brokerlariga quyidagicha ta’rif berilgan: «Sug‘urta qilidiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir».Sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining operativ-moliyaviy faoliyati to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lib, ularni tartibga solib, taqqoslab va tahlil qilib, broker sug‘urtalanuvchiga uning istagiga aynan ko‘proq mos keluvchi sug‘urta kompaniyasini tavsiya qiladi. Agar mazkur sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgudek bo‘lsa, u holda sug‘urta kompaniyasi broker mehnatiga komission asosda (sug‘urta summasidan foizda) haq to‘laydi.
II BOB. “Uzbekinvest” Sug‘urta kompaniyasi
2.1 “O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlik jamiyati sug'urta kompaniyasi faoliyati haqida.
O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlik jamiyati sug'urta kompaniyasi umumiy sug'urta bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug'urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi. 
Tashkil etilgan sana:

  • 1994 yil aprel – “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-sonli Qarori)

  • 1997 yil fevral – Eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqeyi berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import sug'urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi PQ-1710 sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi 113-sonli Qarori)

  • 2020 yil 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug'urta mexanizmlarini kengaytirish to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida va Respublika Vazirlar Mahkamasining tayinlanishiga javoban "O‘zbekinvest" kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga aylandi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin