60
XULOSA VA TAKLIFLAR
Jamiyatning
taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi,
iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar shuni ko'rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni
tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to'g'ri
va oqilona qaror qabul qila
oladigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash uchun faqatgina an'anaviy
uslublarga tayanib dars o'tish yetarli emas.
Bizga ma'lumki, respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va bu
sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiy sir-asrorlarini
o'rganishga bo'lgan harakatni, fanni chuqur o'rganishga bo'lgan talabalarni ham
kuchaytiradi. Bu esa o'z
navbatida, iqtisodiy qonunlarni yaxshi biladigan, turli
vaziyatlarni taqqoslash, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitida samarali xo'jalik
yuritish uchun muqobil variantlarni to'g'ri tanlash va qaror qabul qilish malakasiga
ega bo'lgan iqtisodchilar tayyorlashga talab ortadi.
Bunda esa kasb- hunar kollejlarida tahsil olayotgan bo'lajak
mutaxassislarni
kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish, ularda o'zi tanlagan mutaxassisligi bo'yicha
mustahkam bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishidan ko'rinib turibdiki, tanlangan mavzuning
qanchalik dolzarbligini hamda ushbu bitiruv
malakaviy ishi nafaqat nazariy, balki
muhim amaliy ahamiyatga egadir. Kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy fanlarni
o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha amaliy
tavsiyalar ishlab chiqildi.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda ya'ni KHKlarida “Baholash va
kalkulyatsiya” mavzusini innavatsion ta`lim texnologiyalari asosida o`qitish
tamoyillari (Kasb-hunar kollejlari misolida) mavzusini yoritishga va bu sohadagi
mavjud muammolarni bartaraf qilish yo'llari va choralari ko'rsatib berildi.
Kuzatishlarimiz va amaliy tajribalarimiz asosida quyidagi xulasalarga keldik:
-iqtisodiy ta'limning maqsadi
va vazifalari shundan iboratki, iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish sharoitida o’quvchi talabalarda iqtisodiy tafakkurni
shakllantirish va ularni tejamkorlikka muntazam tarbiyalashdan iboratdir;
61
-iqtisodiy ta'lim-tarbiyani shakillantirishda yoshlarda iqtisodiy fikrlash,
iqtisodiy
tushunchalar, iqtisodiy xis-tuyg'ularni oliy va o'rta maxsus o'quv
dargohlarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;
-kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy ta'limni amalga oshirishda quyidagi
metodlardan foydalanish mumkin: iqtisodiy ongni shakllantiruvchi metodlar
(suhbat, ma’ruza, aqliy hujum), yangilikka bo'lgan intilishni rag'batlantirish;
- o'rta maxsus ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarni o'quv tarbiya
jarayonida tadbiq etish yo'lida amalga oshirilgan tadqiqot
natijalarini yaxlit holda
tadqiq etib, ularni iqtisodchi-pedagoglar o'rtasida ommalashtirish katta ahamiyatga
molikdir.
Yuqoridagi xulosalarga asoslanib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish
sharoitida
iqtisodiy
fanlarni
o'tishda
innovatsion
texnologiyalardan
foydalanishning dolzarb muommolarini yechishda quyidagilarni tavsiya
qilamiz:
1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buhgalter pedagog
kadrlarni tayyorlashning
zaruriyatini his etish.
2.
Innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy ta'lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini
ochib berish.
3.
Ta'lim muassasalarining faoliyat yo'nalishlariga va xususiyatlariga muvofiq
ravishda
ularning
faoliyatiga
innovatsion
texnologiyalarni
tadbiq
etish
mexanizmini ishlab chiqish.
4.
Bo'lajak buhgalter pedagoglarning mutaxassislik bilim va ko'nikmalarini
rivojlantirishga doir elektron darsliklar yaratish, axborat texnologiyalaridan
foydalanishni keng yo'lga qo'yish.
5.
Iqtisodiy
yo'nalishdagi
ta'lim
muassasalarida
mutaxassislar
tayorlash
xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim-tarbiya
samaradorligini oshirishga
qaratilgan nazariy, amaliy va metodik tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Xulosa
qilib
aytganda,
kasb-hunar
kollej
talabalarining
iqtisodiy
savodxonligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning o'rni va