Xulosa
Bugun O‘zbekistonda barcha sohalarda katta-katta islohotlar, o‘zgarishlar
ro‘y bermoqda. Bu iqtisodiyot sohasi bo‘ladimi, ijtimoiy soha bo‘ladimi, qishloq
xo‘jaligi bo‘ladimi umuman barchasi birdek, jadal o‘sib kelmoqda.
Parrandachilik sohasida xam katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda
faoliyat yuritayyotgan korxonalar soni ham kopayib bormoqda hamda ularning
faoliyati kengayib bormoqda bu borada respublikamizda ushbu faoliyat bilan
shug‘ullanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishimdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,
iqtisodiyotimiz rivojlanishining bugungi bosqichida ishlab chiqarish faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi korxonalar muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Bugungi kundagi
mamlakatimizning iqtisodiyotida rivojlantirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish
sub’ektlari samaradorligini yanada yaxshilash kerak.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimni “Samarqand parranda ” AJ misolida yozdim.
“Samarqand parranda” AJ da bitiruv malakaviy ishni bajarish natijasida nazariy
bilimlarimni korxonaning buxgalteriya malumotlari bilan mustahkamladim.
Buxgalteriya hisobi va auditni o‘rganishda bitiruv malakaviy ishimni o‘rni muhum
ahamiyat kasb etdi.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida menga berilgan vazifalarni
bajarish natijasida nazariy olgan bilimlarimni hisob va audit hisobotlarida aks
ettirilishini yana bir bor o‘rganib chiqdim.
“Samarqand parranda” AJ ning asosiy faoliyati buxgalteriya hisobini
o‘rgangan holda xarajatlar hisobi bo‘yicha ba’zi kamchiliklar borligini e’tirof
etishimiz kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflar ishlab
chiqildi:
Dostları ilə paylaş: