Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


auditining nazariy asoslari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix14.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#113324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditi samarqand

auditining nazariy asoslari 
1.1 . Parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobining nazariy asoslari
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bilan 
bog’liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg’i, amortizatsiya 
ajratmasi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq 
boshqa xarajatlar kiradi. Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq 
xarajatlarning jami summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak, 
ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko’rsatkichi 
korxona faoliyatida muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha, past 
bo’lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. Tannarxga korxonaning 
hamma xarajatlari qo’shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan 
qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari qoplanadi. Mahsulot ishlab 
chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo’yicha ishlab chiqarish 
turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo’yicha buxgalteriya 
hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq 
xarajatlarni o’z vaqtida, to’laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim 
mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul 
mablag’lari ishlatilishi ustidan nazoratni o’rnatishdan iborat. Mustaqillik yillarida 
mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohoti amalga oshirilishi eng asosiy masalalar 
bo’yicha o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Avval 1995 yilda keyinchalik 1999 yilda 
"Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomning
2
qabul qilinishi 
mamlakatimiz buxgalteriya hisobida tubdan o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. 
Ushbu Nizom xarajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan 
bog’liqligidan kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi. Xarajatlar hisobining aynan 
2
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 5 февралдаги 54-сонли қарори билан 
тасдиқланган «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш бўйича харажатлар таркиби ҳамда 
молиявий натижаларни шакллантириш тартиби ҳақидаги Низом» (кейинги ўзгариш ва қўшимчалар билан) 


shu tizimga yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi 
bajarishi kerak bo’lgan vazifalardan kelib chiqdi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlarida raqobatli kurash ketmoqda va ushbu kurashdagi asosiy 
vositalaridan biri bo’lib mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanmoqda. Ammo, 
xarajatlarni pasaytirish bo’yicha ma’muriy choralarga o’tishdan oldin ularni to’g’ri 
hisoblash va mahsulot turlari o’rtasida taqsimlash talab qilinadi. Xarajatlarni 
tasniflash bo’yicha ko’plab uslubiyotlar orasida eng keng tarqalganlari va 
amaliyotda ko’p qo’llaniladigan yondashuvlar quyidagilardan iborat: - Xarajatlarni 
ob’ektga bo’lgan munosabatiga ko’ra tasniflash; - Xarajatlarni ishlab chiqarish 
xajmining o’zgarishiga ko’ra tasniflash. Birinchi uslubiyot bo’yicha xarajatlar 
to’g’ri va egri xarajatlarga bo’linadi. To’g’ri xarajatlarni iqtisodiy jihatdan asosli 
usul bilan ob’ektga bevosita o’tkazish mumkin bo’ladi. Egri xarajatlar ob’ekt bilan 
bevosita aloqaga ega bo’lmaydi va odatda bir necha ob’ektlarga tegishli bo’ladi. 
Masalan ishlab chiqarish personalining mehnat xaqi to’g’ri xarajat bo’lsa, sex 
boshlig’ining mehnat xaqi egri xarajat hisoblanadi. Ushbu tasnif ishlab chiqarish 
xajmidan qat’iy nazar ma’lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish to’g’risidagi 
qabul qilingan qarorning xarajatlarga ta’sirini o’rganishda qo’llaniladi. Ikkinchi 
uslubiyotni qo’llaganda o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar ajratib ko’rsatiladi. 
O’zgaruvchan xarajatlarning umumiy summasi ishlab chiqarish hajmiga to’g’ri 
mutanosib ravishda o’zgarib turadi. Doimiy xarajatlarning umumiy summasi esa 
ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan o’zgarishsiz qoladi. Masalan, xom 
ash’yo va materiallar o’zgaruvchan xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari esa doimiy 
xarajatlar. Yana shunday xarajatlar ham borki, ular ishlab chiqarish xajmiga 
nisbatan to’g’ri bo’lmagan mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday xarajatlarni shartli-
doimiy yoki shartli o’zgaruvchan deb nomlash odat tusiga kirgan. Ko’pincha hisob-
kitoblarni murakkablashtirmaslik uchun ularni o’zgaruvchan yoki doimiy 
xarajatlarga qo’shib yuborishadi. Yuqorida keltirilgan tasnifning mantig’idan xulosa 
qilib aytish mumkinki, u ishlab chiqarish xajmining xarajatlar miqdoriga ta’sirini 
o’rganishda qo’llaniladi. Xo’sh, ushbu ikki tasnif usulidan qay birining qo’llanilishi 
narx shakllantirish yoki biror mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha boshqaruv 


qarorlarini qabul qilishda ko’mak bo’ladi. Buni aniqlash uchun har bir 
yondashuvning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqish talab etiladi. 
Xarajatlarni to’g’ri va egri xarajatlarga tasniflash mahsulot biriligini to’liq tannarx 
bo’yicha kalkulyatsiya qilishda qo’llaniladi. Bunda barcha to’gri xarajatlar va 
barcha egri ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga 
kiritiladi. Egri xarajatlar mahsulot turlari o’rtasida tanlangan taqsimot bazasiga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Egri xarajatlarni taqsimlanish sxemasi. To’liq tannarx to’g’risidagi 
ma’lumotlar qo’yidagi xollarda zarur bo’lishi mumkin: Birinchidan, to’liq ishlab 
chiqarish tannarxi tugallanmagan ishlab chiqarish, tovar-moddiy zaxiralar 
miqdorini, tannarx va moliyaviy natija ko’satkichlarini aniqlash uchun asos bo’ladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin