Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-rasm: Egri xarajatlarni taqsimlanish sxemasi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix14.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#113324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditi samarqand

1-rasm: Egri xarajatlarni taqsimlanish sxemasi . 
Ikkinchidan, ushbu ko’rsatkich alohida mahsulotlar, mahsulotlar guruxi va 
bo’linmalar rentabelligini taxlili qilish imkonini beradi va ularni kelgusida ishlab 
chiqarishni maqsadga muvofiqligi to’g’risida qaror qabul qilishga ko’maklashadi. 
Uchinchidan, to’liq tannarx ko’rsatkichi narx belgilashda, ayniqsa nazorat 
qilinadigan narxlarni belgilashda keng qo’llaniladi. Sotish bahosi « to’liq tannarx + 
mukofot» formulasi orqali aniqlanadigan shartnomalar keng tarqalgan. O’tgan 


davrda to’liq tannarx usuli ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq ishlashi va narx 
raqobatining yo’qligi sharoitidagi rejali iqtisodiyotda boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishda keng qo’llanilgan. Ammo, xozirgi kunda ishlab chiqarish quvvatlarining 
to’liq ishlatilishi mahsulotga bo’lgan talab bilan belgilanadi. Shu sababli 
boshqaruvchi oldida turgan asosiy vazifalardan biri ma’lum ishlab chiqarish 
hajmida mahsulot tannarxi qanchaga teng bo’lishini aniqlashdan iborat. To’liq 
tannarx usulini qo’llashda yuqoridagi savolga javobni faqat hisobot davri yakunida 
olish mumkin. Ammo boshqaruvchi kelgusidagi tannarx to’g’risidagi ma’lumotni 
assortimentni rejalashtirish vaqtidayoq bilishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish 
xajmi o’rtasida aloqaning yo’qligi to’liq tannarx bo’yicha kalkulyatsiyaning bosh 
kamchiligi hisoblanadi.
Yuqoridagidan tashqari to’liq tannarx usulining yana quyidagi kamchiliklarini 
ajratib ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, egri xarajatlarni mahsulot turlariga taqsimoti bazalarini tanlash 
mezonlarining har doim ham asosli bo’lmasligi. Qo’llanilishi mumkin bo’lgan 
taqsimot bazalarining cheklangan va ulardan birini tanlash sub’ektiv xarakterga 
ega. Bu masala ayniqsa mahsulot tannarxi tarkibida to’g’ri materiallar va mehnat 
xarajatlarining ulushi katta bo’lgan zamonaviy yuqori texnologik kompaniyalar 
uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ko’pchilik ana’naviy sanoat tarmoqlarida egri 
xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidagi ulushi 50%gacha etishi 
mumkin. Masalan, qazib olish va metallurgiya sanoatida. Bo’linmalarga egri 
xarajatlarning taqsimlanishi bo’linma faoliyat natijalarini buzib ko’rsatishini 
quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin. Taqsimot bazasi sifatida eng ko’p 
qo’llaniladigan bo’linmaning sotish hajmini olamiz.
Ikkinchidan, egri xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulotga taqsimlanishi 
hisobiga foyda tayyor mahulotning ombordagi qodiqlarining o’zgarishiga bog’liq 
bo’lib qoladi. Nolikvid zaxiralarning yig’ilib qolishi sharoitida korxona hisob 
foydasini oshishiga ega bo’ladi.
To’liq tannarx va o’zgaruvchan tannarx usullari bo’yicha aniqlangan natijaning 
farqlanishi . Shu tariqa xulosa qilish mumkinki, to’liq tannarx usuli nazariy jihatdan 


olib qaralganda asosli hisoblanadi, ammo korxona oldida turgan amaliy masalalarni 
echishda ancha noqulay hisoblanadi. Yuqorida tilga olingan kamchiliklarini 
o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar asosida taqsimlash asosida chetlab o’tish mumkin. 
Masalan, ushbu usul orqali zaxiralar qiymatiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar 
kiritiladi, doimiy xarajatlar esa davr xarajatlariga o’tkaziladi. Bu foydani zahiralarni 
o’zgarishi ta’siridan butunlay xolos etadi. Ammo o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha 
tannarxni aniqlashning asosiy amaliy qimmati tez o’zgarib turadigan bozor muhitida 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va tahlil uchun keng imkoniyatlar lratadi. Ushbu 
usulning G’arbning boshqaruv hisobi tizimlarida qo’llanilishi bejiz emas. 
O’zgaruvchan va doimiy xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qo’llaydigan eng keng 
tarqalgan tahliliy instrumentlarga quyidagilar kiradi: 
- «Xarajatlar-Xajm-Foyda» bog’lanishi tahlili;
- Marjinal daromad asosida narx shakllantirish;
- Muqobil variantni tanlash.
Foyda (To’liq tannarx usuli)
Foyda (O’zgaruvchan xarajatlari)
Davr oxiriga tayyor mahsulot qoldig’idagi ishlab chiqarish xarajatlari
Davr boshiga tayyor mahsulot qoldig’idagi ishlab chiqarish xarajatlari
Ishlab chiqarish xajmi to’g’risida qaror qabul qilish uchun rahbariyatga ushbu 
qarorning bahoga, tushum va foydagi ta’sirini bilishi lozim. Mahsulot birligiga 
o’zgaruvchan xarajatlarni va belgilangan sotish xajmida umumiy doimiy xarajatlarni 
bilish korxonaning kutilayotgan foydasini hisoblash imkonini beradi. Bunday 
yondashuvning bo’lmasligi xarajatlarni boshqarishda salbiy natijalarga olib kelishi 
mumkin. Masalan, bir sotish tarmog’i rahbariyatida bunday informatsiyaning yo’q 
bo’lishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu tarmoq tarkibiga kiruvchi 
do’konlar xar bir hisobot davri oxirida foydani qayd etishardi. Ammo boshqaruvchi 
kompaniya tomonidan xarajatlar taqsimlangandan so’ng do’konlarning bir qismi 
doimo zarar bilan chiqar edi. Tarmoq rahbariyati zarar bilan chiqayotgan do’konlarni 
yopishga qaror qildi, ammo boshqaruvchi kompaniyaning xarajatlarining asosiy 
qismi doimiy xarajatlar ekanligini e’tiborga olmagan. Bunday qarorning natijasini 


oldindan bilish qiyin emas, do’konlar yopilganidan so’ng bosh kompaniyaning 
doimiy xarajatlari qolgan do’konlar o’rtasida taqsimlandi va natijada ular ham zarar 
bilan hisobot davrini tugatishdi. Ta’riflangan «Xarajatlar-Xajm-Foyda» tahlili 
olingan tushumdan o’zgaruvchan xarajatlarni chegirish orqali aniqlanadigan marjinal 
daromad ko’rsatkichini hisoblash uslubiyoti bilan yaqin aloqada bo’ladi. Marjinal 
daromad ko’rsatkichi narx belgilashda keng qo’llaniladi. Marjinal daromad asosida 
qisqa muddatli narx belgilash bozorni qo’lga kiritish va ishlab chiqarilgan 
mahsulotning yangi birligidan tushum orqali barcha o’zgaruvchan xarajatlar va 
doimiy xarajatlarning bir qismini qoplash uchun qo’llaniladi. Zararsizlik nuqtasiga 
etgandan va barcha doimiy xarajatlar qoplangandan so’ng foydani qayd etish 
boshlanadi. Zamonaviy sharoitda korxonalar har doim ham 100% quvvatda 
ishlamaydi. Shu sababli qo’shimcha buyurtmalarni olish imkoniyatining marjinal 
daromad ko’rsatkichi asosida tahlil qilish korxonaga ishlab chiqarish dasturini 
optimal tuzishga yordam beradi. To’liq tannarx ko’rsatkichi nuqtai-nazaridan qabul 
qilinishi maqsadga muvofiq bo’lmagan xaridorlarning takliflari marjinal 
daromadning hisoblanishidan so’ng qabul qilinishi mumkin. Bunday qo’shimcha 
xarajatlar doimiy xarajatlarning bir qismini bo’lsada qoplash va natijada umumiy 
moliyaviy natijani yaxshilash imkonini beradi. O’zgaruvchan xarajatlar usulini 
mamlakatimizda qo’llashga to’siq bo’lib turgan narsa shuki, buxgalteriya hisobining 
rasmiy tizimi xali ham to’liq tannarx usuliga yo’naltirilgan. Bundan tashqari, 
boshqaruv hisobini avtomatlashtirish buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan aloqada 
amalga oshirilmoqda. Chunki hamma ham bir ma’lumotni ham buxgalteriya hisobi, 
ham boshqaruv hisobi axborotlar bazasiga kiritishni istamaydi. Natijada xarajatlarni 
to’g’ri va egri xarajatlarga bo’lish va to’liq tannarxni hisoblash ustun prinsip bo’lib 
qolaveradi. Ammo bu bilan o’zgaruvchan xarajatlar usulidan to’laligicha voz kechish 
shart emas. To’g’ri va egri xarajat moddalari ishlab chiqarish xajmiga nisbatan 
tasniflanadi va ularga tegishli belgi qo’yiladi. Masalan, ishlab chiqarishda band 
bo’lganlarga mehnat haqi to’lashda «Mehnat haqi uchun to’g’ri xarajatlar» modda 
doimiy xarajat sifatida tasniflanadi. Shu tartibda egri xarajatlar ham tasniflanib 
chiqiladi. Tasnif belgisini qo’llash orqali o’zgaruvchan xarajatlar miqdorini 


avtomatik aniqlash va marjinal daromadni aniqlash imkonini beradi. Ushbu raqamlar 
ma’lumot uchun qabul qilinadi. Albatta bu ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxini 
aniqlashda o’zgaruvchan xarajatlar usulini qo’llash imkonini bermaydi, lekin 
yuqorida keltirilib o’tilgan moliyaviy taxlil yo’nalishlarini amalga oshirish imkonini 
beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, xar qanday tahlil ishonchli va operativ 
boshqaruv hisobotiga asoslanishi lozim. Ammo ko’p xollarda boshqaruv hisoboti va 
operativ byudjetlar faqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi. Bu 
boshi berk ko’chaga kirib qolish bilan barobardir. Chunki buxgalteriya hisoboti 
mehnat haqi, qo’shilgan qiymat solig’i va sh.k. hisob-kitoblar sababli vaqt bo’yicha 
ancha kechga qoladi. Bir so’z bilan aytganda, korxonada boshqaruv hisobi to’liq amal 
qilishi uchun operativ va strukturaviy hisobot tizimini joriy qilish lozim.
«Xarajatlar» tushunchasi juda keng qamrovli bo’lgani bois, alohida ko’rib 
chiqishni talab etadi. Umuman olganda xarajatlar deyilganda bir tomondan 
biznesning mavjud bo’lishini shartlarini yaratadigan, ikkinchi tomondan esa foydani 
kamaytiradigan sabablar bilan bog’liq masalalar ko’z oldimizga keladi. Quyida 
xarajatlarning eng keng tarqalgan tasnifi keltirilgan:
Xarajatlarning turkumlanishi O’zbekistonda ishlab chiqarish buxgalteriya 
hisobini tashkil etish 1999 yil 5 fevralda va kiritilgan o’zgarishlar O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktyabrdagi qarori bilan 
tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi, hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom» ga 
(bundan buyon Nizom deb aytiladi) asoslangan.


 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin