Korxonaning sof foydasi quyidagilardan tashkil topgan:
Zaxira fondi
Kuzatuv kengashini taqdirlash fondi
Mexnat jamoasini taqdirlash fondi
Aksiyadorlarning O‘mumiy yig‘ilishi tamonidan aniqlanadigan, Jamiyat
foaliyati uchun zarur bo‘lgan jamiyatning
Boshqaruv organi va taftish
komissiyasi azolarini taqdirlash uchun fondlar tuzadi.
Zaxira fondi Ustav fondinig 15 (un besh) % miqdorda tuzuladi.
II-bob. Parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobining
tashkil etish uslubiyoti
2.1 Parrandachilik korxonalarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
hisobi
Xarajatlar boshqaruv hisobining asosiy ob’ekti hisoblanadi.
Xarajatlar
deganda, ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun (mahsulot ishlab chiqarish, tovar
xaridi, xizmatlar) sarflangan resurslar qiymatining puldagi ifodasidir. Ushbu atama
juda ko‘p ma’noga ega bo‘lib va turli xil vaziyatlarda turli xil tipdagi xarajatlar
qo‘llaniladi.
Xarajatlar tushunchasi tannarx tushunchasidan kengroqdir. Xarajatlar korxona
o‘z maqsadlariga erishish uchun va oldiga qo‘ygan vazifalarni hal qilish uchun
amalga oshirgan sarf va chiqimlarning puldagi ifodasidir.
Tannarx esa
mahsulotlarni
ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish orqali
mahsulot qiymatini yaratish bilan bog‘liq xarajatlardir. Bunday xarajatlarni ishlab
chiqarish xarajatlari ham deb atashadi.
Ishlab chiqarish
xarajatlarining turlari, tarkibi, hisobga olinish tartibi
respublikamizda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54- son qarori
bilan tasdiqlangan «
Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi va moliyaviy nptijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Nizom» bilan belgilangan.
Ushbu Nizomga muvofiq korxonalarning barcha ishlab chiqarish xarajatlari
quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab;
Tannarxga kiritilish usuliga qarab;
Ishlab chiqarish xajmiga nisbatan o‘zgarishiga qarab;
Iqtisodiy mohiyatiga qarab.
Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab ishlab chiqarish xarajatlari
asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umum ishlab chiqarish
xarajatlariga bo‘linadi.