Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix14.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#113324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditi samarqand

Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari  deganda ishlab chiqarishning asosiy 
texnologik jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari xarajatlari 
tushuniladi. Bunday xarajatlarga asosiy sexlarning texnologik jarayonlarida
mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarilishiga bevosita sarflangan xarajatlar
kiradi
3

Korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblangan mahsulot (ish, xizmat)lar, asosiy 
ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 2010 "Asosiy 
ishlab chiqarish" schyotida amalga oshiriladi.
Oldindan (ijara, abonent to‘lovi va 
h.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor summasining ortiqcha xarajatlari uchun 
to‘lovlar va boshqalar) - korxona xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga 
ularning to‘langan muddatidan qat’i nazar - qaysi davrga taalluqli bo‘lsa o‘sha 
hisobot davrida kiritiladi. 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining debeti bo‘yicha mahsulot ishlab 
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 
to‘g‘ri xarajatlar shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab 
chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar va 
yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar aks ettiriladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga ishlab 
chiqarish zaxiralari, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar 
va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi. 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
schyotining debitiga, 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotining kreditidan 
hisobdan chiqariladi. 
3
Уразов К.Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси. Замонавий педагогик технологияларга асосланган 
кўргазмали маъруза матнлари тўплами. - СамИСИ, 2014. - 100 бет.
 


Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan egri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga 2510 "Umumiy 
ishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan hisobdan chiqariladi. 
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
schyotiga 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotidan hisobdan 
chiqariladi. 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining kreditida tugallangan mahsulot 
ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarx summalari aks 
ettiriladi. Ushbu summalar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan 2810 
"Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi", 
9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schyotlarining 
debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin. 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq 
tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi. 
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari 
bo‘yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari 
bo‘yicha guruhlanishi shuningdek, kalkulyasion hisob alohida schyotlar tizimida 
amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir 
korxona o‘zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish 
xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa 
belgilari bo‘yicha guruhlanishi hamda kalkulyasion hisob alohida schyotlar 
tizimida hisobga olinmasa, 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining analitik 
hisobi ham korxonaning alohida bo‘linmalari bo‘yicha yuritiladi. 
 


21-son BHMS ga muvofiq asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi 
schyotlar (2000)ning bog‘lanishi quyidagicha
4
:
2- jadval 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin