5- jadval
Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)ning
bog‘lanishi
T/
r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning
bog‘lanishi
Debet
Kredit
1
Yordamchi
ishlab
chiqarish
sexlarida
foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
2310
0211-
0299
2
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli
nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblandi
2310
0510-
0590
3
Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
materiallar sarflandi
2310
1010-
1090
4
Mahsulot olish uchun hayvonlarning so‘yilishi
2310
1110,
1120
5
Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi
2310
3290
6230
2310
6
Materiallar
qiymatidagi
farqlarni
hisoblangan
ulushlarda Yordamchi ishlab chiqarish schyotlariga
2310
1610
hisobdan chiqarish
7
O‘zida
ishlab
chiqarilgan
yarim
tayyor
mahsulotlarning
yordamchi
ishlab
chiqarish
ehtiyojlari uchun sarflanishi
2310
2110
8
Umumishlabchiqarish xarajatlarining tegishli ulushi
Yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va
xizmatlari tannarxiga kiritilishi
2310
2510
9
Yordamchi
ishlab
chiqarish
mahsulotlarini
tayyorlashdagi yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan
yo‘qotishlar ularning tannarxiga kiritilishi
2310
2610
10 Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi yordamchi
ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari
tannarxiga kiritildi
2310
3110-
3190
3210-
3290
11 Asosiy sexlarning mahsulotlari yordamchi ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatildi
2310
2810
12 Mol etkazib beruvchilardan yordamchi ishlab
chiqarishga moddiy qiymatliklar va xizmatlar (suv,
bug‘, energiya va xokazo) kelib tushdi
2310
6010,
6990
13 Qondirilmagan da’volar summasining yordamchi
sexlarga tegishli bo‘lgan qismi ularning mahsuloti,
ish va xizmatlari tannarxiga hisobdan chikarildi
2310
4860
14 Yordamchi ishlab chiqarishdagi sug‘urta xarajatlari
2310
6510
15 Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha
maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar
2310
6520
16 Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi
to‘lash bo‘yicha summalarning hisoblanishi
2310
6710
17 Yordamchi ishlab chiqarishga ko‘rsatilgan xizmatlari
bo‘yicha turli korxonalarga bo‘lgan qarzlar
2310
6990
18 Olingan summadan ortiqcha xarajat qilganliklari
2310
6970
uchun hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar
19 Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlarning yordamchi ishlab chiqarish sexlariga
ko‘rsatgan xizmatlari
2310
6110,
6120
20 Yordamchi ishlab chiqarishdagi tugallanmagan
ishlab chiqarishning ortiqchasi kirim qilindi
2310
9390
Ushbu buxgalteriya yozuvlarini tekshirish orqali yordamchi ishlab chiqarish
xarajatlariga to’g’ri hisob –kitob qilinganligiga xolisona baho beriladi .
Ishlab chiqarish xarajatlari auditi bo’yicha auditorlik hisobotini va xulosasini
shakllantirish ishlab chiqarish xarajatlari auditi rejasi va dasturining barcha
bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va
baholash jarayonida vujudga keladi. Audit natijalarini baholash ishlari asosan
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xarajatlari auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy
ishchi hujjatlarni tayyorlash;
- ishlab chiqarish xarajatlari tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning
ahamiyatlilik darajasini baholash;
- ishlab chiqarish xarajatlari tekshirish bo’yicha auditorlik dalil - isbotlarning
etarliligini baholash;
- amal qilayotgan korxona printsipi bilan bog’lik omillarni baholash;
- tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz korxona rahbariyatiga taqdim
qiladigan yozma axborotini tuzish;
- auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida boshqa
bo’limlar tekshiruvi kabi asosan tekshirilayotgan xo’ alik yurituvchi sub’ektning
dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy
axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin
va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydi. Ta’kidlash
joizki, tekshiruv natijalari va xo’ alik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining hisob-
kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka
rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi katta nomuvofiqliklar mavjudligini
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:
- xarajatlarni taqsimlash, tannarxni aniqlash vash u kabilar yuzasidan xo’ alik
yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan
ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
- tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan
xarajatlar bilan bog’liq dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’ alik
muomalalari;
- mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
- inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari
bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan
katta tafovutlar;
- katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar
olinmaganligi;
- tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’ alik muomalalari. Auditor mahsulot
tannarxi bo’yicha to’plangan dalil - isbotlar etarliligini baholashda ushbu holatlar
aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak.
Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari
ham e’tiborga olinishi lozim. Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida
aniqlangan va hisobga olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalil-isbotlarning
etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning
maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur. Auditorlik tekshiruvining asosiy
bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga
erishilganlik darajasini baholagan holda auditorning ishchi hujjatlarida qaid
qilinishi lozim. Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish
qabul
qilingan.
Yozma
tasdiqlarning
ishonchliligi
ularning
to’g’ri
rasmiylashtirilishiga bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib,
tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek
majburiyatlarning ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun
olingan dalil-isbotlar etarliligi baholanadi; Ishlab chiqarish xarajatlari analitik
hisobi ma’lumotlarining tengligini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib
chiqish yoki bo’limlar bo’yicha xarajatlarning amalga oshirilgani tasdig’ini olish
munosabati bilan auditorlar xarajatlarni hisobga oladigan analitik hisob
registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan
taqqoslashi lozim. Xarajatlar muomalalari hisobga olinadigan schyotlarni tahlil
qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
- tugallanmagan ishlab chiqarish schyotlari buyicha debet qoldiklar;
- xarajatlarning mahsulot tannarxiga olib borilishi bo’yicha haddan tashqari katta
tuzatishlar;
- yaroqsiz mahsulotlar qiymatini ishlab chiqarilagan mahsulotlar tannarxiga
o’tkazish bo’yicha hujjatlar;
- yordamchi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tannarxiga olib borish bo’yicha me’yorlar;
- bilvosita xarajatlarning mahsulot tannarxiga to’g’ri taqsimlanishi bo’yicha
me’yorlar.
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa
olingan dalil-isbotlar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
|