Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


IV BOB. KORXONA HAYOT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix14.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#113324
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditi samarqand

IV BOB. KORXONA HAYOT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati samaradorligi va xodimlarning 
mehnat unumdorligini oshirish uning hayot xavfsizligiga bevosita bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi” va “Fuqarolik Kodesi” talablari 
bo‘yicha korxonalarda xodimlarga ma’lum shart-sharoitlar yaratilishi kerak. 
Bunday 
sharoitlarni 
korxona 
rahbariyati 
tomonidan 
yaratiladi. 
Ishchi-
xizmatchilarga mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ma’muriyatning majburiyati 
va vazifalari ishchi-hodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo‘lgan “SAMARQAND PARRANDA” 
AJ o‘zining ustaviga ega. Ushbu ustavda asosan uning faoliyati quyidagi
vazifalarga qaratilgan. 
Korxonaning asosiy faoliyati tuxum va go’sht mahsulotlarini ishlab 
chiqarishga qaratilgan. 
Mazkur jamiyat qonun xujjatlari bilan takiklanmagan va ta’sis xujjatida
kursatilmagan boshka faoliyat turlari bilan xam konun xujjatlarida belgilangan 
tartibda shug‘ullanishi mumkin. 
Jamiyat faoliyat turlarini amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma 
(litsenziya)ga ega.Korxonada hayot xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning 
unumli mehnati uchun shart-sharoitlar yaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unga asosan qabul qilingan 
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda har bir korxonada ishlab 
chiqarish jarayoni va usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar mehnatni muhofaza 
qilishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Korxona hodimlarining sog‘lig‘i va mehnatni 
muhofaza qilish muhim vazifalardan ekanligi e’tirof etilgan. Mamlakatimiz 
Konstitutsiyaning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish 
huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun 
bilan belgilanadi», 39-moddadasida esa «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan 


foydalanish huquqiga ega» deyilgan.
7
Ushbu vazifalar korxonalarda hodimlarga 
tibbiyot xizmati hech bir cheklanishlarsiz, turli-tuman tibbiy xizmatlarni tashkil 
etilishi, o‘zlarining davolash muassasalariga ega bo‘lishlari va ishchilarning 
malakali tibbiyot xizmatidan foydalanishlariga imkoniyat yaratadi. 
Yurtimiz fuqarolarning mehnati muhofazasi O‘zbekiston Respublikasining 
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonuni, Mehnat Kodeksi, vazirlar 
mahkamasining 
«Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar 
salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida 
Nizom» vaboshqa meyoriy hujjatlarda turli davlat standartlari va ko‘rsatmalari 
asosida huquqiy jihatdan asoslangan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi”da(8-24- moddalar) 
hodimlarning mehnat muhofazasi, muhofaza talablariga to‘g‘ri rioya qilish, xavfsiz 
sharoitlarni ta’minlash, muhofaza xizmatlari va ijtimoiy sug‘urta, me’yoriy 
hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari keng o‘rin olgan. 
Korxonalarning hayot xavfsizligi yong‘in xavfsizligini, avariya holatlarini oldini 
olish, ishchi-xodimlarning salomatligini ta’minlash kabi masalalarni o‘z ichiga 
oladi. 
Amaldagi qonunchilikda ayollarning mehnati, ularning muhofazasini 
ta’minlash masalasi alohida o‘rin egallaydi Ayollarning oiladagi mavqeni hisobga 
olinib ular uchun alohida imtiyozlar belgilangan. Ayollar sog‘ligiga zarar 
keltiradigan ishlarga ayollarni jalb qilish ta’qiqlangan. Ayollarning zaharli 
moddalar ajralishi bilan bog‘liq bo‘lgan, er osti va boshqa ishlarda ishlashlariga 
yo‘l qo‘yilmaydi.Homilador va emizuvchi ayollarga maxsus sharoitlar yaratiladi. 
Bunday ayollarni va 8 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarni , dam olish kunlaridan 
ishlarga jalb qilish va xizmat safarlariga yuborish taqiqlanadi.Korxona ma’muriyati 
bunday ayollarni tibbiyot hakamlari xulosasiga asosan, o‘rtacha ish haqini 
saqlagan holda engil ishlarga jalb qilishi kerak. Ayollarga tug‘ish oldidan va 
tuqqandan keyin 56 kalendar kundan haq to‘lanadigan dam olish kunlari 
7
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: “Ўзбекисто
н”, 2012


belgilangan. Sanoat mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarida ishlovchi 
ayollar uchun maxsus xonalar (bola emizish xonalari, dush xonalari va shaxsiy 
gigiena xonalari) tashkil qilinadi. 
Mehnat qonunchiligida o‘smirlar mehnatidan tunggi ishlarda, ishdan keyin 
qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida foydalanish qatiy taqiqlanadi. 
Qonunchilikda 18 yoshga to‘lmagan o‘smir bolalarga faqat 16 kg gacha, qizlarga 
esa 10 kg gacha bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishlari ko‘zda tutilgan. 
O‘smirlar ishga qabul qilinayotgan vaqtda albatta tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishlari 
shart. O‘smir bajarayotgan ish, uning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani 
sezilsa, u darhol xavfsiz va engilroq ishga o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi talablari bo‘yicha har bir korxona 
o‘z ishchi va xizmatchilariga ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
tadbiriy choralarni ishlab chiqishi kerak. Hodimlarning mehnat xavfsizligi borasida 
yo‘l qo‘yilgan har qanday kamchiliklar uchun korxona ma’muriyati jarimaga 
tortiladi. 


Xulosa
Bugun O‘zbekistonda barcha sohalarda katta-katta islohotlar, o‘zgarishlar 
ro‘y bermoqda. Bu iqtisodiyot sohasi bo‘ladimi, ijtimoiy soha bo‘ladimi, qishloq 
xo‘jaligi bo‘ladimi umuman barchasi birdek, jadal o‘sib kelmoqda.
Parrandachilik sohasida xam katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda 
faoliyat yuritayyotgan korxonalar soni ham kopayib bormoqda hamda ularning 
faoliyati kengayib bormoqda bu borada respublikamizda ushbu faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. 
Bitiruv malakaviy ishimdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,
iqtisodiyotimiz rivojlanishining bugungi bosqichida ishlab chiqarish faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi korxonalar muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Bugungi kundagi 
mamlakatimizning iqtisodiyotida rivojlantirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish
sub’ektlari samaradorligini yanada yaxshilash kerak.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimni “Samarqand parranda ” AJ misolida yozdim. 
“Samarqand parranda” AJ da bitiruv malakaviy ishni bajarish natijasida nazariy 
bilimlarimni korxonaning buxgalteriya malumotlari bilan mustahkamladim. 
Buxgalteriya hisobi va auditni o‘rganishda bitiruv malakaviy ishimni o‘rni muhum 
ahamiyat kasb etdi.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida menga berilgan vazifalarni 
bajarish natijasida nazariy olgan bilimlarimni hisob va audit hisobotlarida aks 
ettirilishini yana bir bor o‘rganib chiqdim.
“Samarqand parranda” AJ ning asosiy faoliyati buxgalteriya hisobini 
o‘rgangan holda xarajatlar hisobi bo‘yicha ba’zi kamchiliklar borligini e’tirof 
etishimiz kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflar ishlab
chiqildi: 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin