to‘xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari,
maqolalaridan bilib olish mumkin.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti
“SAMARQAND-PARRANDA” AJ hisoblanadi. Tadqiqot predmeti esa “
xarajatlar hisobi va auditi”dir.
Ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob,
xulosa va
takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, jami
hajmi 66 betdan iborat. Kirish qismida tadqiqot to‘g‘risida, uning maqsadi va
vazifalari va tadqiqot ob’ekti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan. Asosiy qism
esa ikki bobdan iborat. Uning birinchi bobida
tadqiqotning nazariy qismi
ochib berilgan. Ikkinchi va uchinchi bobida esa amaliyotda ya’ni korxona
misolida xarajatlar hisobini
yuritilishi, uning auditi va takomillashtirish yo‘llari
ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa va takliflar qismida «Xarajatlar hisobi va auditi»ning
yuritilishi bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalar berilgan.
Ilovalarda esa
korxona va uning hisob ma’lumotlari to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar kiritilgan.