Takrorlash uchun savollar.
1. Standart nima?
2. Respublikamizda standartlashtirish bo‘yicha milliy idora qaysi?
3. Standartlashning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
4. Me’yoriy hujjat deganda nimani tushunasiz?
5. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atamalarni keltiring.
2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Standartlashtirish tizimi
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
haqida ma’lumotlar berish.
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
atamalarni standartlashtirish;
o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va
mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining
yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga
to‘plamoq;
bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini
shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali
ishlarni yaratish;
etakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy
ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni
qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir erga to‘plamoq, ular
asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi
10
kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqaro
standartlashtirish
tashkilotining
hujjatlariga,
shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojaat etildi.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini,
standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy
hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy
qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va
o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |