Standartlashtirish
bo‘yicha
asosiy
atamalar
va
tushunchalar.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy
va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng
maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat
tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr
etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari
odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi,
savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka
ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Odatda standartlashtirish ob’ekti sifatida standartlashtiriladigan narsa
(mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
“Standartlashtirish ob’ekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun
“mahsulot”, “jarayon”, “xizmat” iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday
materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga,
9
qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng
darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday ob’ektning muayyan jihatlari (xususiyatlari)
bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondoshiladigan
bo‘lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat-xalqqa xizmat qilishni (xizmat
shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini
o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan
sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |