O‘zlashtirish uchun savollar:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida qanday standartlar qo‘llaniladi?
2. Standartlar va texnik sharoitlar orasida kanday farq bor?
3. Ta’rif va terminlarga hamstandartlar bo‘lishi kerakmi?
4. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi standartlari qaysi turdagi standartlarga mos
keladi?
4-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Donning sifatini baholash
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga keltirilgan don uyumining asl ko‘rinishi
yoki naturasi, uning yirikligi va silliqligi, po‘sti, mag‘zi va boshqa soflik yoki sifat
ko‘rsatkichlarini aniqlashni o‘rgatish.
Organoleptik usullarga sezgi organlari yordamida don sifatlarini baholash
kiradi. Bu usulda boshqa usullarda aniqlab bo‘lmaydigan (masalan, donning ranggi,
hidi, ta’mi) ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Laboratoriya usullariga asboblar yordamida don sifatlarini aniqlash kiradi.
Bunday sifat ko‘rsatkichlari (namlik, ifloslanish, donni ombor zararkunandalari
tomonidan zararlanishi, nam kleykovinaning sifati va miqdori) son ko‘rinishida
ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |