Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha)
shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning
keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan
mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga
yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan,
bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Dostları ilə paylaş: |