Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning
vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim
bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat
tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH) - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda,
ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq
mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
Yo‘riqnoma (qoidalar) - instruksiya (pravila) - bu ishlarni yoki ularning ayrim
bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
Standartlar tasnifi va tuzilishi. Amal qilish sohasi, mazmuni va
tasdiqlanadigan darajasiga qarab standartlarni xalqaro, mintaqaviy va milliy turlarga
bo‘lish mumkin.
Xalqaro standartlar Standartlash bo‘yicha Xalqaro tashkilot (ISO),
mintaqaviylari - iqtisodiy va siyosiy manfaatlar asosida o‘z faoliyatini birlashtirgan
ayrim mamlakatlarni o‘z tarkibiga oladigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi. Milliy standartlar u yoki boshqa mamlakat doirasida ishlab chiqiladi
va amal qiladi hamda tegishli darajada tasdiqlanadi.
Mamlakatimizda milliy standartlarning oliy toifasi davlat standartlari (GOST)
dir. Davlat standartlari xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida, barcha tashkilot va
korxonalar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir. Standartlarni eng yaxshi va bir xil
qilib ishlab chiqish, joriy etish va ularga rioya etilishi ustidan nazorat yuritish
maqsadida barcha asosiy qoidalarni, shu jumladan, standartlashtirish xizmatlari
tizimini kamrab oladigan maxsus standartlar kompleksi amal qiladi.
Tarmoq standartlari eng cheklangan doirada amal qiladigan standartlarga
kiradi. Ular ana shu tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek, uning
mahsulotini ishlatadigan (iste’mol qiladigan) boshqa tarmoqlar korxona va
tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Bunday standartlarni ana shu mahsulot
turini ishlab chikarishda etakchi bo‘lgan vazirlik (idora) tasdiqlaydi. Tarmoq
standartlari davlat standartlari ob’ekti bo‘lmagan mahsulotlarga belgilanadi.
Respublika standartlari (RST) Respublika va maxalliy qaramoqdagi barcha
tashkilot va korxonalar uchun majburiydir. RST Respublika va maxalliy
bo‘ysunihdagi korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga belgilanadi, davlat va
tarmoq standartlariga kiradigan mahsulotlar bundan mustasnodir. Milliy madaniyat
standartlari va atributlari Respublika standartlariga misol bo‘lishi mumkin.
Korxonalar yoki birlashmalar texnologiya va ishlab chiqarishning tashkil
etilishini takomillashtirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida
korxonalar standartlarini (KST) ishlab chiqish va tasdiqlash huquqiga ega. Birok bu
korxonalar etkazib beradigan mahsulotlarga korxonalar standartlari belgilanmaydi.
Texnik talablarda mahsulotni qat’iy belgilangan maqsadda qo‘llanishdagi sifat
me’yorlari va talablar keltiriladi.
14
Masalan, arpa doni sanoatning ko‘p tarmoqlarida xom ashyo sifatida ishlatiladi
va ularning har biri unga o‘ziga xos talablarini qo‘yadi. Shuning uchun oziq-ovqat
va em uchun arpaga, yorma arpasiga, pivo pishirishdagi arpaga, spirt ishlab
chiqarishda solod uchun qayyta ishlanadigan arpaga alohida standartlar mavjud.
Agar un yoki yorma ishlab chiqarish uchun arpaning o‘sganligi ahamiyatga ega
bo‘lmasa, pivo va solod ishlab chiqarish uchun bunday ko‘rsatkichning
me’yorlashtirilishi ushbu xomashyo turiga qo‘yiladigan eng muxim talablardan biri
hisoblanadi, o‘sish qobiliyati kamida 90-95% bo‘lishi kerak.
Standartlardan foydalanishning qulayligi uchun ular tuzilishi bir xillashtirilgan.
Har bir standart uning nimaga tegishli ekanligi ko‘rsatiladigan ta’rifdan boshlanadi.
So‘ngra tovar odatda tiplar deb ataladigan alohida guruhlarga bo‘linadi, ya’ni tovar
tasnifi keltiriladi.
O‘simlik xomashyosining ancha qismini tiplarga bo‘lish uchun mahsulotning
texnologik va oziq-ovqat xususiyatlarini tavsiflaydigan barqaror belgilari asos qilib
olingan. Odatda bunday belgilar botanik belgilardir. Masalan, oziq-ovqat bug‘doyi
don turi (qattiq yoki yumshoq), rangi (qizil donli yoki oq; donli) va biologik
xususiyatlariga (bahorgi va qishki) qarab tiplarga bo‘linadi. Pichan uchun standartda
o‘tlarning botanik tarkibi va uning oqibati sifatida pichanning oziqlik qimmati tip
belgisi bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatning tipga bo‘ysunadigan barqaror belgilari bo‘lganida ular kichik tiplarga
bo‘linadi. Masalan, yumshoq bug‘doyning qizil donli shakllari to‘qqizildan sariq
ranggacha bo‘lishi mumkin, bunda rang ko‘pincha endospermning tuzilishi bilan
(shishasimon yoki unsimon) mutanosib bo‘ladi.
Ba’zan kichik tiplarga bo‘lish uchun jug‘rofiy belgi - mahsulot ishlab
chikarilgan joy asos bo‘ladi. Agar u mahsulotning texnologik sifatlariga qonuniy
ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu omil hisobga olinadi.
Ko‘pgina standartlarda yaxshiroq bilib olish uchun har bir tipga yoki kichik
tipga kiradigan nav nomi ko‘rsatiladi. Shunday qilib, mahsulotni tabiiy belgilariga
qarab guruhlashga qaratilgan tiplar va kichik tiplarga tasniflash uning botanik va
biologik belgilari bilan texnologik sifatlari hamda iste’molga doir qimmati
o‘rtasidagi aloqani yaqqol ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish shart-sharoitlari turlicha va
ularning sifatiga bir xilda ta’sir qilmasligi ham mumkin. Shuning uchun tiplar va
kichik tiplarga tasniflash mahsulotning barcha xususiyatlarini xam ochib bermasligi
mumkin. Mahsulotlar sifatini birmuncha ko‘proq o‘zgarib turadigan belgilar soniga
qarab me’yorlash zarurati paydo bo‘lmokda.
Masalan, donning bir tipi va kichik tipi doirasida uni etishtirish, hosilni yig‘ib
olish va tashish shart-sharoitlariga qarab xar xil miqdordagi suv va turli aralashmalar
bo‘lishi, turli darajada bajarilgan, zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlangan
yoki zararlanmagan bo‘lishi mumkin va hokazo.
Shu sababli standartlarda mahsulotning iste’mol qiymatiga ta’sir qiladigan turli
belgilar bo‘yicha sifatning xar xil normalari keltiriladi. Bu ko‘rsatkichlarning
hammasi «Texnik talablar» bo‘limida shakllantiriladi va maxsus atamalar -holatlar
(masalan, namligi va dondagi aralashmalar tarkibi bo‘yicha), darajalar (masalan,
15
don zaxiralarining zararkunandalar tomonidan zararlangani), toifalar (don
naturasiga qarab), guruhlar (kleykovina bo‘yicha) va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Ayrim standartlarda sifatning turli ko‘rsatkichlari klasslarga birlashtirilgan.
Birinchi klassga sifatning klassga kiradigan barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng
yaxshi me’yorlariga ega maxsulotlar kiradi. Shuningdek, hatto past klass talablariga
ham javob bermaydigan mahsulotlar ham nazarda tutiladi.
Standartning maqsadiga qarab unda sifatning asosiy (bazisli) va yo‘l
qo‘yiladigan past (cheklovchi) me’yorlari berilishi mumkin.
Standartlar ushbu mahsulotni baholashda qo‘llaniladigan sifat sinovlari
uslublari, shuningdek, uni saqlash va tashish shartlari xaqidagi kichik bo‘limlar
(havola tarzida) bilan yakunlanadi.
Standartlashda sifatni baholash uslublari alohida o‘rin tutadi. Tovarlar sifatini
me’yorlashtirish ular sifatini belgilashning ham standart uslublarini talab qiladi.
Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni baholash ularning iste’molchiga etkaziladigan
turli bosqichlarida amalga oshiriladi. Binobarin, faqat bir xildagi standartlarni
qo‘llash bilan tovarni u yoki boshqa sifat guruhiga kiritishda xatoning oldini olish
va uning uchun hisob-kitob qilishda to‘g‘ri yondashuvga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |