O‘zlashtirish uchun savollar:
1. Donning asosiy sifat ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
2. Don sifati organoleptik usulda qanday aniqlanadi.
3. Donning ranggi, hidi va ta’mi qanday bo‘lishi kerak.
4. Nima uchun hid sog‘lom donda ham aniqlanadi?
5. Butun va maydalangan donlarning sifat ko‘rsatkichlarini organoleptik
baholashning qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
5-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Meva sabzavotlarning sifat ko‘rsatkichlari aniqlash usullari
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini
aniqlashni o‘rganishdan iborat.
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini aniqlashning o‘lchov
(laboratoriya), ro‘yxatga olish, hisob-kitob, organoleptik, satsiologik, ekspert
uslublari mavjud.
O‘lchov uslubi. Ko‘rsatkichlarni asboblar yordamida o‘lchash va tahlil
qilishga asoslangan bo‘lib, miqdoriy ko‘rsatkichlardan foydalanadi. O‘lchov
uslublari fizik, kimyoviy, kimyoviy-fizik, mikroskopik, biologik, fiziologik va
texnologik uslublarga ajratiladi.
Fizik uslublar mahsulotning fizik xossalariga asoslanadi. Fizik uslublarga
polyarimetrik, refraktometrik, reologik, dielektrik uslublar kiritiladi. Polyarimetrik
uslubdan optik faol moddalar (saxaroza, glyukoza, fruktoza)ni miqdoriy aniqlashda
foydalaniladi. Eriydigan quruq moddalar, shakar va yog‘ni aniqlashda
refraktometrik uslublardan foydalaniladi.
Refraktometrik
uslub
oziq-ovqat
mahsulotining
tarkibiy-mexanik
xususiyatlarini aniqlash, donning me’yorlarini, cho‘zinchoqligi, yirikligi, to‘laligi,
puchligi, tekisligi, yaltiroqligi va naturasini aniqlash, to‘kiluvchanlikni,
g‘alviraklikni, tola massasi hajmini, uning mexanik xususiyatlari (pishiqlik va
moslashuvchanlik) ni aniqlash maqsadida qo‘llanadi.
Dielektrik uslub bilan namlik aniqlanadi.
Kimyoviy uslublardan qishloq xo‘jaligi mahsulotining kimyoviy tarkibini,
ya’ni shakar, kraxmal, biriktiruvchi to‘qimalar, yog‘, azot birikmalari, mineral
elementlar, vitaminlar, suv va boshqa kimyoviy vositalarni aniqlashda foydalaniladi.
Fizik-kimyoviy uslublar qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini aniqlashga
ko‘maklashadi: bular – xromatograf (xushbo‘y va bo‘yoq moddalar tabiati va
miqdorini, oqsillardagi aminokislota tarkibini, ayrim organik kislotalar mavjudligini
aniqlash), potensiometrik (LPU-1 potensiometr yordamida tadqiq qilinayotgan
19
eritmada vodorod ionlari yo‘nalishini va boshqalarni aniqlash), konduktometrik
(eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini tadqiq qilish), kolorimetrik (eritmada
yorug‘likni yutish bo‘yicha moddalar to‘planishini aniqlash), shuningdek, bu uslub
vositasida meva va rezavorlardagi vitaminlar tarkibi aniqlanadi.
Biologik uslublardan laboratoriya va yerdagi unuvchanlik, shuningdek,
mahsulotlarda toksik moddalar mavjudligi, mahsulotlarga mikroorganizmlarning
aralashganligi va ularning tur tarkibi, kuya zamburug‘lari sporalarini aniqlashda
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |