Organoleptik uslub: Bu mahsulot sifati ko‘rsatkichlari qiymatini ko‘rish,
hid bilish, eshitish, sezish, ta’m bilish orqali aniqlash uslubidir. Bu uslub vositasida
mahsulotning tashqi ko‘rinishi, ta’mi, hidi, rangi (tusi), tarkibi, konsistensiyasi,
maydalanish darajasi aniqlanadi. Uslub oddiy va ko‘p vaqt talab etmaydi. Uslubning
kamchiligi – kishilar fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan subyektivlikdir.
Baholash natijalari baholovchilarning tajribalariga, qobiliyatlariga, mahoratlariga,
degustasiya shart-sharoitlari va texnikasiga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |