“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash” fanining rivojlanish tarixi
XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan,
madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi.
Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada
odatiy bo‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki
sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga etib kelguncha ularning
qanchalik murakkab, notekis yo‘llardan o‘tganligini ko‘z oldimizga keltirmasdan,
fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi to‘la
ma’noda zamonaviy axborotli o‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.
O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi.
O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik
hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning
o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish
sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay
55
boshlagan.
Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan
a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash
birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan
to‘rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va
ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
Asrlar o‘ta bizga etib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari xozirda xam
ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xotcha” ma’nosini
bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan -
KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin
va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.
Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan
biri, hamma erda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. Munajjimlarning ko‘p yillik
kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat
tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik erning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga
ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning
eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki
astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm
bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo‘lgan “mina suv” oqib
ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz o‘rganib qolgan minutga aylandi.
Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti
kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.
Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o‘lchashlar
va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o‘lchamlarini
muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat
jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya
yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va
usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda
vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini
ajratib ko‘rsatish mumkin:
- ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan
o‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura
va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);
- ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan
o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni
talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv
dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);
- zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining tarkibiga
kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash
va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning
alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar
yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, olingan
56
natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan
iboratdir.
Amaliyot juda keng ko‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, ko‘pincha
juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqliqda (xatolik
o‘lchanayotgan qiymatning 10 % idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari
to‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo‘lmagan holatlarda ham
aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar
ma’lum bo‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini o‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va
texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o‘lchab bo‘lmaydi deb hisoblangan
kattaliklarni o‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan Sankt Peterburg
aloqa instituti olimlari hidni o‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo‘lga
kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi so‘zlarini
eslab o‘tish o‘rinli bo‘ladi: - “O‘lchash mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin
bo‘lmaganiga esa imkon yarating”. Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish
oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi
kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar-o‘lchash o‘zgartkichlari, asboblari va
tizimlaridan foydalanmasdan o‘lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning
hammasi ongimizga, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz
ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro‘zg‘or va
ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada, avtomobilda va ilmiy laboratoriyada ular
bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir.
Ishonch bilan aytish mumkinki, o‘lchash inson ongli hayotining asosini
tashkil etadi. Bu borada ko‘plab olimlar o‘lchash texnikasining rivojiga munosib
hissa qo‘shganlar. Ular ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad Farg‘oniy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‘bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy
Mendeleev va boshqalarni alohida ko‘rsatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Ahmad
Farg‘oniyning “Miqyosi Nil”, ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar
qonuniyati asosida o‘lchash va uning natijasiga ko‘ra yilning yog‘ingarchiligi va
uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, Ulug‘bekning “Zij jadvallari”
da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy o‘lchash qurilmalarida olingan
natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir.
Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o‘lchashlar uchun maxsus
asbob - usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham
ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir.
O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa
ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda informasion-o‘lchash, ya’ni o‘zida asosiy
informasiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‘lchash, nazorat qilish,
hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga
asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolarning, ularni echish usullari va olingan
natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informasiya olish mobaynida asosiy
o‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi
ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi.
Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, quyidagi
muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin.
57
- 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Er meridiani
uzunligining 1x10
-7
bo‘lagiga teng qilib olinganligi);
- 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi
(bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, metr
o‘lchov birligiga asos soladi);
- 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o‘lchov va og‘irlik
(tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;
- 1931 yilda Leningrad shaxrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M.
Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil
topishi;
- 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimining SI (SU) qabul qilinishi. Bu tizim
bo‘yicha 1 metr vakumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi
(Kriptonni etalon metri);
- 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakumda 1/299792458
sekunda o‘tgan yo‘liga teng qilib qabul qilinishi;
- 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikasiya markazi
(O‘zdavstandart) tashkil etildi;
- 2002 yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikasiya
markazi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
(“O‘zstandart”) agentligiga aylantirildi.
Bugungi kunda ham olimlarimiz o‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida
tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |