Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
1. Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
2. Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar
birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va
ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va
ularni bajarish uslublarining metrologik attestasiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab
chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish,
modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni
yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
3. Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil
topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
4. Me’yoriy-qonuniy asoslari- tegishli respublika qonunlari, davlat
standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
Dostları ilə paylaş: |