Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/82
tarix02.01.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#38068
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
tirish  belgilaydi.  Muvofiqlik  bayonoti  deb  etkazib  beruvchining  mahsulot, 

jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-

to‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga 

aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi 

bilan  almashilayotgani  qayd  qilinmokda.  O‘z-o‘zini  sertifikatlashtirish  deganda 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  tomon  butun  mas’uliyatni  o‘ziga  olgan  holda 

sertifikatlashtirishni  o‘zini  o‘tkazadi  va  mahsulotning  kerakli  darajada  sifatliligi 

haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini 

sertifikatlashtirish deb yuritiladi.  

Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriya-sining 

bayonoti”  tushunilib,  ma’lum  namuna  mahsulotga  bo‘lgan  talablarni  belgilovchi 

ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga 

aytiladi. 

Sertifikatlashtirish  deganda  mahsulot  /buyum,  mol/  yoki  xizmat  muayyan 

standartga  yoki  texnikaviy  shartlarga  mos  kelishini  tasdiqlash  maqsadida 

o‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, mol/ 

ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. 

Yana  bir  zarur  atamalardan  biri  “sertifikatlashtirish  tizimi”  bo‘lib,  u 

quyidagicha 

ta’riflanadi: 

Sertifikatlashtirish 

tizimi 

muvofiqlikning 



sertifikatlashtirish  faoliyatini  o‘tkazish  uchun  ish  tartibi  qoidalariga  va 

boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. 

 

“Sertifikatlashtirish  tizimi”  atamasidan  tashqari  Sertifikatlashtirish  sxemasi 



kiritilib,  uni  quyidagicha  ta’riflanadi:  “Muvofiqlikning  sertifikatlash-tirilishini 

o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi”.  

Sertifikatlashtirish  tizimlarida  qatnashuvchi  uchta  tushuncha  to‘g‘risida 

to‘xtalib  o‘tamiz:  sertifikatlashtirish  tizimidan  foydalanish,  sertifikatlashtirish 

tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.  



64 

 

Sertifikatlashtirish  tizimidan  foydalanish  deganda  sertifikatlashtirish 



tizimining 

qoidalariga 

muvofiq 

guvohnoma 

talabgoriga 

berilgan 

sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.  

Sertifikatlashtirish  tizimida  qatnashuvchi  deb  ushbu  tizimning  qoidalariga 

binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 

sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi.  

Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan 

faoliyat  ko‘rsatadigan  va  tizimni  boshqarishda  qatnashadigan  sertifikatlashtirish 

idorasi tushuniladi.  

Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi:majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki 

bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy 

mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir 

ko‘rsatuvchi  mahsulotlar,  albatta,  majburiy  sertifikatlashtirishga  mansub  bo‘ladi, 

qolgan 


mahsulotlar 

esa 


sertifikatlashtirilishi 

ixtiyoriydir. 

Majburiy 

sertifikatlashtirish  deganda  sertifikatlashtirish  huquqiga  ega  bo‘lgan  idora 

tomonidan  mahsulot,  jarayon,  xizmatning  standartlardagi  majburiy  talablarga 

muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.  

Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi 

/ta’minlovchi/  yoki  iste’molchi  tashabbusi  bilan  ixtiyoriy  ravishda  o‘tkaziladigan 

sertifikatlashtirish tushuniladi.  

Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy 

aloqalarni,  fan  va  texnikani  rivojlanishi  uchun  hamda  chiqarilayotgan 

mahsulotlarning  sifatini  yaxshilash,  ularning  raqobatbardoshligini  oshirish  uchun 

muntazam  ravishda  sinovlardan  o‘tkazish  ehtiyoji  ortib  bormoqda.  Sinovlarni 

ko‘pincha  uchinchi  tomon  deb  ataluvchi  shaxs  yoki  tashkilot  amalga  oshiradi  va 

ko‘riladigan  masalada  qatnashayotgan  tomonlar  odatda  ta’minlovchi  /birinchi 

tomon/  va  xaridor  /ikkinchi  tomon/  ning  manfaatlarini  himoya  qilib,  mutlaqo 

mustaqil ravishda ish ko‘radilar.  

Uchinchi 

tomon 

tarafidan 



qilinadigan 

sertifikatlash-tirish 

ishlab 

chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng 

qo‘llanilib,  salmoqli  ravishda  tarqalmoqda.  Turli  mamlakatlarda  uchinchi  tomon 

tarafidan  bajarilayotgan  sertifikatlash-tirish  tizimini  tashkil  etish  amalda  shuni 

ko‘rsatmoqdaki,  uni  turlicha  tashkil  qilish  mumkin  ekan:  ishlab  chiqaruvchi 

assosiyasiyalar,  yirik  iste’molchilar,  standartlashtirish  milliy  tashkilotlari 

tomonidan,  masalan,  Fransiya  va  Angliyada  60-yillar  boshida  ite’molchilar 

tomonidan  harbiy  maqsadlar  uchun  elektronika  mahsulotlarini  sertifikatlashtirish 

tizimi yaratildi.  

Ayrim  olingan  mamlakat  miqyosida  yaratilgan  milliy  tizimlar  majburiy 

bo‘lgan  standartlar  doirasini  qamrab  oladi.  Masalan,  birinchilar  qatorida  milliy 

miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.  

Sertifikatlashtirish  tushunchasi  keng  ma’noda  uchinchi  tomon  tarafidan 

o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab 

olgan  har  qanday  tekshiruvdir.  Shuning  uchun  sertifikatlashtirishni  tekshiruv  deb 

hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, 




65 

 

kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviasiya  qurilmalarining, atom 



reaktorlarining  va  tog‘  texnikasining  ishlatishdagi  havfsizligini  ta’minlash  uchun 

texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.  




Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin