Takrorlash uchun savollar.
1. Sertifikatlashtirishning tarixini bilasizmi?
2. Sertifikat nima?
3. Respublikamizda sertifikatlashtirishning eng yuqori rivojlanish davri qaysi
vaqtlarga to‘g‘ri keladi?
18-amaliy mashg‘ulot
Mavzu. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi
Mashg‘ulotning
maqsadi:
talabalarga
O‘zbekiston
Respublikasi
sertifikatlashtirish milliy tizimi haqida ma’lmotlar berish. Sertifikatlashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert-auditordir. U odatda
sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda, sinov
laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin.
Ekspert-auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar
faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga
aytiladi.
Ekspert-auditor sifatida “O‘zstandart” tomonidan belgilangan tartibda
attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning
vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda etarli chuqur bilimga ega
bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |