to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida etarli bilimga ega bo‘lib,
oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega
bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni
67
respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida
va tartiblar;
sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlarni tushunish;
sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;
sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;
mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;
standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;
tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik usullari.
Ekspert-auditortahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va
asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri
qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial
ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy
sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob’ektning xodimlari
bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday
qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda
amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjat-larni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini
berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab
chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huquqiga
egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib,
sertifikatlashtirish milliy idorasi “O‘zstandart” tomonidan ekspert-auditorlar
tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari
O‘zSMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni
tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish va
attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini “O‘zstandart” agentligi
tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari etarli
darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan
guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi). Ekspert-auditorlar
ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch va ma’suliyatlarga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: