O‘zlashtirish uchun savollar.
1. Ekspert-auditorlar kim?
2. Qanday sohalardagi ekspert-auditorlarni bilasiz?
3. Ekspert-auditorlarga nisbatan qanday talablar qo‘yiladi?
4. Sifat to‘garaklari ilk bora qaerda tashkil topgan?
19-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni
standartlashtirish va kodlashni o‘rgatish.
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash,
bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan
taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini
baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar
ikkita turkumga bo‘linadi:
foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
o‘z resursini sarflaydigan mahsulot.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash
quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini;
72
iste’molchilar talablarining tahlilini;
mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:
* texnikaviy;
* tashkiliy;
* iqtisodiy;
* ijtimoiy.
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat
vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-
larning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va
uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi,
asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab
chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida
dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning miqdori;
yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi
uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning
bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni
tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish,
turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy
ishlar kiradi.
Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida:
tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda yoki
ishlatishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi
o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib,
bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo‘llanishi natijasida hamda me’yoriy
hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste’molga yoki
ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash
natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
andozalar, sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarga yo‘naltirilgan ilmiy-
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni bajarish;
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
standartlarga rioya qilinishida o‘z-o‘zini nazorat qilishini
amalga oshirish;
mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me’yorlash;
mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli usullarni tayyorlash
choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo‘naltirilgan konstruktorlik va
texnologik tadbirlarni ishlab chiqish;
bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati haqidagi axborotni
73
tahlil qilish;
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy
darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo‘lishini ta’minlaydi.
Murakkabva mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni boshqarish
jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik ilmiy-tadqiqot yoki
loyihalash institutlarida, sanoat korxonalarida konstruktorlik texnologik bo‘lim
(byuro)larda yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy
e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatdan yangi bo‘lishligiga yoki ishlab
chiqarishdagi buyumlarni takomillashganligiga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal texnologik
jarayonlarni tanlash qiyin va u ma’suliyatli vazifa, chunki bu bosqichda doimiy
texnologiyaningqiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
yaxshilash zaruriyati bo‘ladi. Tayyorlash bosqichida mahsulot sifatini oshirish
korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30-
yillarda AQSh ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda
foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan.
Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir
yo‘l vagonlarini identifikasiyalashtirilgan. Mikroprosessor texnikasining gurkirab
rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish
imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul
qilinib, 1977 yildan boshlab esa Evropa Kodlash Tizimi EAN (European Article
Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Evropada, balki boshqa
mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli,
turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari
standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida
o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprosessorlar orqali shtrixlar
raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1
International” (EAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assosiasiyasi
tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi.
U bo‘yicha bu tovar qaerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin.
Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya
qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning
iste’molchilik xossalari o‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, o‘ramining ko‘rinishi va
boshqa ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan.
Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod
shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning
shtrixli kodini skaner bilan o‘qilishi to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli
kodga o‘zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi ko‘rsatkichlar
kiritilmaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan “GS1 International”
74
(EAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish Markazida
ro‘yxatga olinadi.
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma
mablag‘lar harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini
ta’minlash, omborxonalarda saqlash xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi.
Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta "zebra"
belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega
emasligini ta’kidlash kerak. Ammo o‘z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o‘zining
obro‘si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar berib, albatta tovarlar va
o‘zi haqida umumiy ma’lumotlarini bildiradi. Bu ma’lumotlarni soxtalashtirish
mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks reklamaga ega
bo‘ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi.
Tizimni O‘zbekistonda joriy etish respublikani dunyo bozoriga faol chiqishi
bilan bog‘liqdir. Dunyo bozorida raqobat keskindir va unda muvaffaqiyatli
qatnashish uchun to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejerga yordam
beradigan axborotga ega bo‘lish kerak. Endi bizning tijorat tashkilotlarimizga
bevosita O‘zbekistonda u yoki bu tovarni ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar
to‘g‘risida ishonchli axborotni olish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Xorijiy
tijoratchilarning so‘rovi bo‘yicha ham O‘zbekiston korxonalari to‘g‘risidagi
o‘xshash axborotlarni berish mumkin. Ya’ni shtrixli kod ishchan sherikchilikni
engillashtiradigan tashrif kartochkasidir.
Tovarlarning raqamlash bilan mashg‘ul bo‘lgan qator xorijiy tashkilotlar bilan
kelishilgan holda ma’lumotlar banklarini ayirboshlash rejalashtirilmoqda, bu esa
O‘zbekiston tovarlarini import qilishni mo‘ljallagan mamlakatlarda bizning
korxonalar uchun mahsulotlarini manzilli reklamasini ta’minlaydi. Bunday
xizmatlar dunyo bozorida keng qo‘llaniladi.
Hozirgi paytda respublikaning o‘ndan ortiq korxonalari yuzdan ortiq
buyumlarga asl nusxa maketlarini olishdi. Shtrix kodni avval olish ancha qiyin
bo‘ldi, chunki maslahatlashadigan hech kim yo‘q edi. Endi hammasi texnik
tomondan to‘g‘rilandi, ikki kun ichida buyumning tavsiflari bo‘yicha tuzilgan
shtrixli kodini olish mumkin. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar hozircha bu “pasport”
ma’lumotlarini aniqlashmoqda. Tovarni bir turiga ham, bir nechta o‘nliklariga ham
buyurtmachilar bor. Shtrixli kodni tushirishga joyi kam bo‘lgan buyumlar ham
uchraydi. Bu holda qisqartirilgan sakkiz raqamli asl nusxa maketi tayyorlanadi, lekin
davlat kodi qoldiriladi.
Shtrixli kod buyicha me’yoriy hujjatlarni xalqaro talablar bilan
uyg‘unlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ushbu muhim sohada
mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslar amal qilmoqda.
Xullas, O‘zbekiston tovarlarining raqobat qila olish imkonini oshirish,
ularning tovarlarni raqamlash xalqaro tizimiga kirishi, iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish, “O‘zbekistonda tayyorlangan” nomli markali mahsulot ishlab
chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini ta’minlash uchun maqsadga qaratilgan
ish olib borilmoqda.
EAN assosiasiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu
75
kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda lisenziyalar tavsiya etadi.
Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari
tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan,
Gresiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Quyiroqda keltirilgan 18.1-jadvalda
ba’zi bir davlatlarning lisenziya asosida olingan kodlari keltirilgan.
Asosan EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8
razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir
raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo‘ladi.1 va.2- rasmlar). 13
razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko‘rsatiladi:
davlat kodi ("davlat bayrog‘i");
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
mahsulotning kodi;
nazorat soni.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan
tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan
iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli
bo‘lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina
ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham
mumkin.
EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar
(upakovkalar) uchun mo‘ljallangan. EAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan iborat:
davlat kodi (“davlat bayrog‘i”);
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
nazorat soni.
Ba’zan, tayyorlovchi korhona kodining o‘rniga mahsulotning qayd etish tartib
raqami keltirilishi ham mumkin.
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo‘ljallangan.
Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish
bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda
keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To‘liq
shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’ektlariga mahsulotning aniq
kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo‘lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma)
talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko‘rsatkichlari borasida aniq manzilga
raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri
o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
76
Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi:
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi;
ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizasiya qilish kabi faoliyatlardagi
hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;
resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;
hujjatlar aylanishini qisqartiradi;
mahsulotni realizasiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni
muntazam ravishda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish mumkin;
boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi
ma’lumotlarni tavsiya etish.
Davlat
kodi
Tayyorlovchi
kodi
Mahsulot
kodi
Nazoratsoni
20-rasm.
13 razryadli EAN kodi
Markaziy shtrixlar
Chetki shtrixlar
5 0 1 2 3 5 6 7 8 9 0 0
Davlat
kodi
Tayyorlovchi
kodi
Nazoratsoni
3-rasm
8 razryadli EAN kodi
5 0 1 2 3 4 5 2
77
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |