Go‘sht sifatiga qo‘yiladigan talablar. Savdoga keltirilgan go‘sht to‘g‘ri
ishlov berilgan, buzilmagan, nuqsonsiz va tamg‘a urilgan bo‘lishi kerak. Qoni qotib
qolgan, ifloslangan, zararlangan, bo‘yin qismi qorayib qolgan, semizligi bo‘yicha
kategoriyasiga to‘g‘ri kelmaydigan, qayta muzlatilgan, noto‘g‘ri arralangan nimta
va yarim nimtalar savdoga qabul qilinmaydi. Savdoga keltiriladigan hamma
go‘shtlar yangi bo‘lishi kerak. Go‘shtni yangiligini organoleptik, kimyoviy,
mikroskopik va gistologik tekshirishlar orqali aniqlanadi. Organoleptik baholash
orqali yaroqsiz deb topilgan go‘shtni boshqa usullar bilan tekshirilmaydi.
Organoleptik baholashda go‘shtni tashqi ko‘rinishi va rangi, konsistensiyasi,
hidi, yog‘ini holati, sho‘rvani sifatining rangi, tiniqligi va hidi bo‘yicha aniqlanadi.
Кimyoviy tekshirishlar orqali uchuvchi yog‘ kislotalarini, sho‘rvada oqsilni
birlamchi chiquvchi mahsuli aniqlanadi.
Mikroskopik tekshirishlar yordamida ko‘klar va tayoqchalarning miqdori,
muskul to‘qimasining parvalanish darajasi aniqlanadi. Qo‘shimcha gistologik usul
bilan go‘shtni yangiligini, etilganlik darajasini, uzoq vaqt saqlashga va tashishga
yaroqliligi tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |