O‘zlashtirish uchun savollar.
1.Sut va uning ozuqaviy ahamiyati.
2.Tabiiy sigir sutining ahamiyati.
3.Sutning assortimentlari to‘g‘risida tushuncha bering.
4.Qaymoq va uning sifat ko‘rsatkichlari.
9-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifatini boshqarish
Mashg‘ulotning maqsadi: Go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifatini
boshqarishni o’rgatishdan iborat.
Go‘shtni sinfiy tuzilishi. Qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan hayvonlar
(so‘yishga mo‘ljallangan moy) va parrandalar go‘sht sanoatini xom ashyosi
hisoblanadi. So‘yilgan molturiga qarab (qora mol) go‘shti, qo‘y, echki, ot, kiyik,
quyon, yovvoyi hayvon go‘shti va hokazo bo‘ladi.
Molni go‘sht berish mahsuldorligi olinadigan go‘shtining miqdori va sifati
bo‘yicha aniqlanadi va tirik, qabul qilib olish, so‘yilgan massasi va go‘shtining
chiqishi bilan aniqlanadi. Tirik massasi-bu tirik molning massasi. Qabul qilib olish
massasi-bu molni massasida uni qorin-ichagiga 3% chiqarib yuborilgandagi
massasi. So‘yilgan massasi-bu so‘yib ishlov berilgandan keyingi yangi nimta
massasi. Tirik, qabul qilib olishi, so‘yilgan massalari kg da foydalaniladi. Go‘shtni
chiqishi so‘yilgan massaini qabul qilib olingan massasiga nisbatan % da
ifodalanganidir.
Qora mol go‘shtini chiqishi 55-70% ni qo‘y go‘shtini chiqishi esa 55-56%
ni tashkil qiladi.
Qora mol naslini mahsuldorligiga qarab 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi. Go‘sht
beradigan, sut beradigan va go‘sht sut beradigan. Go‘sht sanoati uchun go‘sht
beradigan naslni ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu nasl qoramollar sifatli
go‘sht beradi, go‘shtni chiqishi ham yuqori bo‘ladi. mol nimtasini asosiy qismini
mushak to‘qimasi tashkil qiladi.
Yog‘ o‘rtacha miqdorda muskullar orasida eg‘iladi. Qo‘yni go‘shti yung
beradigan, sut beradigan, go‘sht-yog‘ beradigan nasllarga bo‘linadi. Qo‘yni dumbali
nasli 20 kg gacha dumba yog‘i beradi. Qo‘yni go‘sht-yung beradigan nasli, yuqori
sifatli go‘sht beradi.
Dostları ilə paylaş: |