Sutni kimyoviy tarkibi. Sut, tarkibida 100 dan ortiq kimyoviy va biologik
moddalarni saqlaydigan murakkab ko‘p dischpersli tizimdir. Suv (83-89%) dispers
muhit hisoblansa, yog‘, oqsil va boshqa komponentlari (11-17%) dispers fazani
tashkil qiladi. Oqsil moddalari sutda kolloid eritma holda, sut yog‘i esa sut
plazmasidagi mikroskopik yog‘ donalari ko‘rinishida emulsiyani hosil qiladi.Sutni
kimyoviy tarkibi doimo birday bo‘lmaydi (5-jadval). U hayvon nasliga, lektasiya
davriga, oziqlanish uni tarkibi va sharoitiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Sutni quruq moddasi bahor oylarida kamroq va kuzda yuqoriroq bo‘ladi.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |