o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, adabiyot “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, adabiyot tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o‘rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messers hmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atrofdan – Shimoliy Mo‘g‘ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ena- soy daryosi qirg‘oqlaridan ham shunday yodgorliklar topilgan. Ular keyinchalik O‘rxun-Enasoy yodgorliklari nomini oldi. Ma’lumki, turkiy xalqlar o‘z davlatiga ega bo‘lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O‘rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O‘rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo‘lgan ulkan hududda o‘z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI–VIII asr voqealarini aks ettiradi. V–VI asr o‘rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O‘rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o‘lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarn ing birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VIII asrgacha hukmronlik qildi. Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o‘ziga xos badiiy solnomasidir. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o‘rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovdan keyin S. E. Malov, S. G. Klyashtorniy, I. V. Stebleva, H. O‘rxun, T. Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, o‘zbek olimlaridan A. Qayumov, A. Rustamov, G‘. Abdurahmonov, N. Rahmonov, Q. Sodiqovlar o‘rganishgan. Yodgorliklar hozirgi o‘zbek tiliga bir necha marotaba tab dil qilingan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog‘ozga, turli buyumlar (kumush ko‘zachalar, yog‘och, teri, oyna, qayish to‘qasi)ga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, «Irq bitigi» («Ta’birnoma») qog‘ozda yozilgan.So‘zni «To‘nyuquq» bitiktoshidan boshlaylik. To‘nyuquq – shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo‘lgan. To‘nyuquq «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim» deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o‘g‘li edi. Bitiktoshdagi voqealar To‘nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men – Dono To‘nyuquqman. O‘zim Tabg‘ach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabg‘ach davlatiga bo‘ysunar edi...»So‘ng ana shu dahshatning – turkiylarning o‘z erkini qo‘ldan berib qo‘yishlarining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshbosh-doqlikka, o‘zibo‘larchilikka, beparvolikka yo‘l qo‘ydi... o‘zining xoni bilan birga bo‘lmadi». To‘nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o‘z vatani, xoqoni, qo‘shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o‘zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.Hatto dushmanning «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan» degan bahosida ham shu ruh mavjud. To‘nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog‘i to‘q edi» jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To‘nyuquqning «tun uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi» deyishi uning o‘z taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko‘rsatib turibdi. To‘nyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: «Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim». To‘nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar bo‘lishidan qat’i nazar, unda hayot haqiqati ham, tarixiy haqiqat ham badiiy tarzda o‘z aksini topgan. Turkiy qabila va elatlarning o‘zaro talashib-tortishishlari ham, tashqi dushman bilan bo‘lgan ayovsiz kurashlar ham, aslida, tarixiy haqiqatdir. Eltarish, Bo‘g‘u, Bilga xoqonlar ham tarixiy shaxslardir. Asarda tilga olingan ko‘plab qabila, urug‘lar tarixda mavjud bo‘lgan, ular ning bir qismi hozir ham alohida xalqlar va millatlar tarkibida yas hab kelmoqda. Yodgorlikda murojaat, undov, chaqiriq, yetakchilik qiladi. To‘nyuquq tabiatida tushkunlik, ikkilanish mutlaqo ko‘rinmaydi. Uning harakatlarida, so‘zlarida o‘ziga ham, butun xalqiga ham buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu holat uning g‘alabalarida asosiy omil bo‘ladi. «To‘nyuquq» bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda o‘ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning o‘zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to‘laligicha amalga oshgan. Yodgorlikning til xususiyatlari ham e’tiborga loyiq. U VIII asrd agi adabiy til namunasidir. Asar tilidagi ko‘plab so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida aynan qo‘llaniladi. Bir qism so‘zlarda ozgina tovush o‘zgarishlari yuzaga kelgan, yana bir toifa so‘zlar esa bugungi iste’moldan chiqib ketgan. Yodgorlikda o‘rni-o‘rni bilan so‘zlarning ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishi seziladi. Shuningdek, majoz, matal, maqollardan foydalanish kuchli:«Tabg‘ach, O‘g‘uz, Qitan – bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining ich-u tashini – mol-u jonini topshirgan kishiday bo‘lamiz. Yupqa yig‘in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qil adigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish».