o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, adabiyot “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, adabiyot tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Mazkur obidalarning topilishi O‘rxun hamda Enasoy daryolarini ng havzalari bilan bog‘liq. Garchi bunday qadimiy obidalar key inchalik Sibir va Mo‘g‘ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turk iston, O‘rta Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan bo‘lsa-da, tarixda bu nom muqim o‘rnashib qoldi.O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atroфdan Shimoliy Mo‘g‘ulistondan toshga bit ilgan obidalar shaklida topildi. O‘rxun-Enasoy obidalari «toshbitiklari» deb ham yuritiladi. Buning sababi ko‘pgina yodgorlik- larning qabr toshlariga o‘yib yozilganidir. Ularning eng yiriklari «To‘nyuquq» hamda «Kul Tegin» yodgorliklaridir.Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar: O‘rxun va Enasoy daryolari atrofari, Turfon (Sharqiy Turkiston), shuningdek, Mo‘g‘uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Par ij), Shvetsiya (Stokgolm), O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqalar.«To‘nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo‘g‘ulistonda turmush o‘rtog‘i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo‘lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.