O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi: B1 shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish; badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish; og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. B1+ o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi:
Darsning blok sxemasi:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,adabiyot i “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, adabiyot “ darsligi. . 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, adabiyot tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Qadim zamonda Oqtosh viloyatida Sultonxon degan o‘tdi. Sultonxonning uch xotini bor edi, tug‘maydigan aybi bor edi. Necha vaqt Oqtosh mamlakatida podsholik qildi. Yoshi ulg‘ayib soqoli oqarib qoldi.Huroyim degan o‘rtancha xotini homilador bo‘lib, oydan oy, kundan kun o‘tib, oyi-kuni yaqin yetib kelaberdi.Sultonxon Huroyim yoriga aytdi: «Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Mening qariganda ko‘rgan farzandim. Men shu yerda yursam, sen bir kun tug‘ib qo‘yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o‘lib qolarman. Qurudum mamlakatiga safar qilayin, oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tanga-tilla berarman, qulog‘idan dunyoga ko‘marman, balki qo‘rg‘onbegi qilarman.Shunda ketmoqqa ixtiyor qilib, taxti-baxtini kimga topshirarining hisobini topmay, amalini, davlatini hech kimga ishon may, hayron bo‘lib, qozikalonlardan so‘radi. Qozikalonlar turib aytdi: «Gumonaning tufaylidan mamlakatni Huroyimni so‘ramog‘i to‘g‘ri keladi».Shunda Sultonxon taxt-baxtini Huroyimga topshirib, karnay-surnay qo‘ydirib, odamlarni yig‘dirib, jo‘namoq harakatida bo‘ldi. Huroyim Sultonxonga qarab bir so‘z aytib turgan ekan: